156
- turli jamg‘armalar turli darajadagi risklarni taklif etishadi: ya’ni; risk qancha
yuqori bo‘lsa kutilayotgan foyda shuncha ko‘p bo‘ladi va aksincha. O‘ta ko‘p turli
xil takliflar qisman shu bilan izohlanadi;
- raqobat daromadlilikka ta’sir qiladi. YA’ni maksimal foyda unga bog‘liq
bo‘ladi. Ammo aksariyat hollarda ixtisoslashgan jamg‘armalarning vazifalariga
muvofiq bo‘lishi mumkin;
- polis egalari o‘z mablag‘larini bir jamg‘armadan ikkinchi jamg‘armaga
o‘tkazish huquqiga ega bo‘lganda paylarni birinchi talab
qilganda sotib yuborish
kerakligi yuzaga kelishi mumkin;
- paylarga erishish oson bo‘lgan jamg‘armalarga asosiy investitsiyalarni
cheklash uchun jamg‘armani doimiy ravishda (ko‘p holatlarda – har kuni) baholash
lozim.
Hayot sug‘urtasi zahiralaridan farqli ravishda umumiy sug‘urtalash bo‘yicha
sug‘urta zahiralarining investitsiyalari mutloqo boshqacha tartiblanishi lozim.
Har yili zarar va sug‘urta qoplamasiga sarflanayotgan umumiy sug‘urtaning
sug‘urta zahirasining ulushi hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta zahirasi ulushidan
sezilarli ravishda ko‘pdir.
Sug‘urtada sug‘urta mukofotidan kelayotgan daromad ancha kamdir: aksariyat
shartnomalar qisqa muddatlidir. YA’ni bir yil mijozlar har yili sug‘urtalovchini
o‘zgarishi mumkin.
Investitsiyaning mazkur turining o‘ziga xos
xususiyatilari quyidagicha
ta’riflanishi mumkin:
- zahiralar miqdori sug‘urta mukofotlariga qaraganda hayot sug‘urtasidagidan
ancha kam;
- iqtisodiy qiyinchilik davrlarda sug‘urta qoplami o‘sish tendensiyasiga ega.
Mijozlar mulkni beparvolik bilan ishlatishga majbur bO‘ladi, transport vositalarini
ishlatishda past xarajatlarga o‘rganib qoladi va hakozo;
- noqulay omillar ko‘p hollarda hayot sug‘urtasiga nisbatan katta ahamiyatga
ega;
- qayta sug‘urtalashga qaramasdan halokatli risk yuzaga kelishi mumkin. bu
esa katta hajmda pul mablag‘larni tezkorlik bilan to‘lab berishni taqozo etadi.
Oldini olish investitsiyaning ba’zi bir tamoyillari hayotda qo‘llaniladigan
hayot sug‘urtasi tamoyillari bilan mos keladi. SHu bilan birga qo‘shimcha holatlar
ham mavjud:
- sug‘urta qoplamasini to‘lob berishda pullarning naqdligi katta ahamiyatga
ega. Bu esa investitsiyalar qisqa muddatga kiritilishi yoki bo‘lmasa ularni oson va
tez pulga aylantirib olishni talab qiladi. Masalan, moddiy mulkka kiritilayotgan
investitsiyalar bu maqsadlarga to‘g‘ri kelmaydi. SHu bilan birga ba’zi sug‘urta
e’tirozlari masalan, mas’uliyatlikni sug‘urtalash bilan bog‘liq e’tirozlar
uzoq vaqt
davomida to‘liq to‘lanmay turishi mumkin. SHu munosabat bilan investitsiyalar
qilinmay turishi mumkin, ammo ular real qiymatini
saqlab qolishi va daromad
keltirishi lozim. Mazkur daromad yig‘ilishi va qoplamani to‘liq to‘lab berishi
uchun kerak bo‘ladi.
157
SHuningdek halokatlik risk qisqa muddatli portfelida qisqa muddatli qimmatli
qog‘ozlarni ushlab turishga olib keladi. Mazkur qimmatli qog‘ozlarning kursi kam
tebranish xususiyatiga ega bo‘lib, kapitalning yo‘qotish ehtimolini kamaytiradi
36
.
Halokatli riska kelganda ba’zi bir olimlar uni investitsion sohadagi echimlarda
inkor qilishni tavsiya etadi. Asosiy g‘oya shundan iboratki,
katta summa kerak
bo‘lib qolganda bankdan overdraft olish maqqulroqdir. overdraft qiymati uzoq
vaqtdan keyin majburiy yuqori likvidlik bilan bog‘liq bo‘lgan omonat foizidan
yo‘qotishlardan
kamroq
bo‘ladi.
Bunday
overdraft
aktivlar
bilan
muvozanatlashgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: