va ichki muhit ta’sirlari bilan hosil qilinadi. Insonning flkrlari va hissiyotlari, harakatlari va xulq-atvori uning hayot tarzi, yashash va tarbiyalanish muhiti xususiyatlari bilan belgilanadi. Xatti-harakatlami tushunish uchun ularning motivlarini bilish kerak. Ularning sabablarini bilish uchun inson qanday muhitda tarbiya topgani, uni qanday insonlar qurshab turganini, bu insonning ular bilan qanday munosabatda ekanini bilish talab qilinadi. www.ziyouz.com kutubxonasi
4.Barcha psixik hodisalar taraqqiy etib boruvchi birliklar sifatida quriladi. Mazkur tamoyil inson va hayvonlar psixikasining filogenezdagi rivojlanishi uchun ham, inson psixikasining ontogenezdagi taraqqiyoti uchun ham o ‘rinlidir. Taraqqiyot bu - sifat o‘zgarishi, yangilikning paydo boiishidir. Aynan taraqqiyot davomida kuzatuvchanlik, yorqin xayol, chuqur fikrlash qobiliyati, murakkab va oliy insoniy hissiyotlar - vatanparvarlik, burch hissi, hamdardlik va boshqa insoniy fazilatlar, shaxs xususiyatlari tarkib topib boradi. Yangi xususiyatlar insonning amaliy faoliyati va boshqa insonlar bilan boigan munosabat va muloqoti natijasida shakllanadi. 5.Inson tafakkuri uning faoliyatida shakllanadi va namoyon boiadi. Inson narsa va hodisalami, ulaming xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi munosabatlami bu narsa va hodisalarga ta’sir ko‘rsatibgina bilishi mumkin. Insonning narsa va hodisalaiga ta’siri esa faoliyat orqali amalga oshadi. Aynan faoliyat davomida inson boshqalami va o‘zini bilib boradi. Faoliyat xususiyatlari, uning amalga oshirish jarayoni shaxsning turli tomonlari rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 6.Наг bir psixik hodisa bir butun, yaxlit xolda ko‘rib chikilishi