Z nishanova, G. Alimova


konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu xolat shunda ko‘rinadiki



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/170
tarix09.07.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#136186
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   170
@mustaqilishlar Bolalar psixologiyasi

konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu xolat shunda ko‘rinadiki,
bolaning nutqida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p bo‘ladi. Sifat
turkumidagi so‘zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlaming
faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o‘lchami (barcha sifatlaming
96,4%)ni ifodalaydi. 98% fe’llar faqatgina konkret predmetli
harakatlaiga nisbatan ishlatiladi.
Bolalaming nosituativ — bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga —
situasiyaga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil
narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi.
Asta-sekin atrof-olamdagi narsalaming turli xususiyatlarini aks
ettiruvchi so‘zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik
xususiyatlami ifodalovchi sifat turkumiga oid so‘zlar (11,25%) va
emotsional xususiyatlami ko‘rsatuvchi so‘zlar (5%) paydo bo‘ladi,
irodaviy va intellektual harakatlami anglatuvchi fe’l turkumidagi
so‘zlar (6,24%) vujudga keladi.
Nosituativ — shaxsiy muloqotda, bola odamlar o ‘rtasidagi
munosabatlar haqida axborot olishga, o ‘zining fikrini kattalar fikri
bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy
grammatik murakkablashish ro‘y beradi. Sifat turkumidagi so‘zlar
quyidagi nisbatda b o‘ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini
ifodalovchi) — 69,80%, estetik xususiyatlami ifodalovchi sifatlar
— 14,65%, axloqiy xususiyatlami ifodalovchi sifatlar — 9,3%. Irodaviy
va intellektual harakatlami ifodalovchi fe’llar ancha ko‘payib, nutqida
ishlatilayotgan barcha fe’llaming 9,76%ni tashkil etadi.
Bolaning lug‘at boyligi nafaqat miqdor jihatdan, balki sifat
jihatdan ham o‘sib boradi. Bu asosan bolalaming so‘zlar mazmunini
o‘zlashtirishi bilan kechadi. Lug‘atni egallash jarayoni tushunchalami

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin