Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226
-.-

Ilmiy-texnik, 
texnokratik
paradigma
ning 
bosh 
maqsadi 
amaliy 
takomillashtirish uchun zarur «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirishdan 
kelib chiqadi. «Bilim – kuch», shuning uchun inson qadr-qimmatini uning bilish 
imkoniyatlari aniqlab beradi. Inson o‘zini o‘zicha emas, faqat aniq belgilangan 
etalon (o‘rtacha namuna, standartlashgan)dagi bilish yoki xulq-atvor sohibi 
sifatidagina baholaydi. Texnokratik paradigma sharoitida o‘quv-tarbiya 
jarayonining istalgan natijasi «ha – yo‘q», «biladi – bilmaydi», «tarbiyali – 
tarbiyasiz», «egallagan – egallamagan» tizimida baholanishi mumkin. Bu yerda 
tayyorgarlik, ma'lumotlilik, tarbiyalanganlik darajasi tekshirib aniqlanadigan 
qandaydir etalon, ideal mavjud bo‘ladi. 
Ezoterik paradigma.
Bu bizning sayyoramizdagi eng qadimiy ta'limiy 
paradigmalardan biri. Mazkur so‘zning yunonchadan so‘zma-so‘z tarjimasi «sirli», 
«yashirin» ma'nolarini bildiradi. Uning mohiyatini abadiy va o‘zgarmas Haqiqatga 
munosabat tashkil etadi. Ushbu paradigma tarafdorlarining fikricha, haqiqatni 
shunchaki bilish mumkin emas, unga vijdon pokligi orqali erishish mumkin. 
Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi o‘quvchining tabiiiy kuch va imkoniyatlarini 
yuqori darajadagi ongga ega bo‘lish, Kosmos bilan muloqot uchun sarf etish va 
rivojlantirishda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchining muhim muhofaza 
qiluvchi funksiyasi ta'lim oluvchilarning axloqiy, jismoniy, psixik tayyorgarligini 
amalga oshirish va mavjud kuchlarini rivojlantirishdir.
O‘qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari. O‘qitish
– o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu 
jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, 
malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. 
O‘qitish jarayoni uchta vazifani bajaradi: ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi. 
O‘qitish jarayonining 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin