Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   226
-.-

Pedagogik ma’noda gender
– o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab 
ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti 
va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli 
jihatlarini o‘z ichiga oladi.


66 
Shaxs ijtimoiylashuvi. Ijtimoiylashuv insonning madaniyat, kommunikatsiya 
ta'siri ostida shakllanish jarayoni, bir-birlari bilan muloqotda bo‘lishlarini 
ifodalasa, ijtimoiylashtirish tushunchasi esa, jamiyatning muvafaqqiyatli 
rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan namunali xulq, psixologik mexanizm, sotsial 
norma va qadriyatlarni o‘zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiy-falsafiy, psixologik va 
pedagogik tadqiqotlar jarayonida shaxs ijtimoiylashuviga xos bo‘lgan quyidagi 
holatlar aniqlangan: 
shaxsning ijtimoiylashuvida ayrim davrlarning va bir davrdan ikkinchi davrga 
o‘tish jarayonida ro‘y beruvchi ijtimoiy omillar (mega omillar, makro omillar, 
mezo omillar, mikro omillar), voqyeliklar hamda ularning ta'siri yetakchi o‘rin 
tutadi;
bolaning kamol topishi, shaxs bo‘lib shakllanishida ijtimoiy, xususan, ota-onalar 
va bola o‘rtasidagi munosabatlar, ularning o‘zaro hissiy birligi muhim ahamiyatga 
ega; 
shaxs muayyan sxemalar hamda kognitiv tuzilmalar yordamida boshqariladi; 
shu sababli uning ana shu sxema va kognitiv tuzilmalarga moslashuvi 
ijtimoiylashuv mohiyatini anglatadi; 
shaxs ijtimoiy ta'sirlar yordamida ilmiy bilimlar hamda kishilik madaniyati 
unsurlarini o‘zlashtiradi, ularning negizida esa u aqliy jihatdan kamol topadi va 
axloqiy sifatlarga ega bo‘ladi – mazkur holat shaxs ijtimoiylashuvining ustuvor 
jihati hisoblanadi; 
shaxsning ijtimoiylashuvi turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyat rivojining muayyan 
davrlarida bir xil kechmaydi; har bir davrda shaxsning ijtimoiylashuvida o‘ziga xos 
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi;
ijtimoiylashuv bolalikkagina xos xususiyat bo‘lmay, shaxs hayotining barcha 
davrlarini qamrab oladi. 
Ma'lumki, ijtimoiylashuv shaxsning jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi va 
zaruriy darajada ijtimoiy, fuqaroviy va shaxsiy yetuklikka erishishi asosida 
jamiyatga kirib borishidir. Shaxsning ijtimoiylashuvi esa, inson o‘zini jamiyatda 
shaxs sifatida anglab borishi jarayonidir. Bu tarbiya, ta'lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash 


67 
jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlay olsa va 
ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab yetganida, 
jamiyatdagi o‘z o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv 
jarayoni 
o‘zining 
sifat 
xususiyatlariga, 
tarkibiga, 
qonuniyatlariga, omillariga, shart-sharoitlariga, boshqarilishiga va ijtimoiylashgan 
insonda namoyon bo‘lishiga (uning xususiyatlari, sifatlari, o‘ziga xosliklari) ko‘ra 
murakkabdir. Ana shu sababli u o‘zida turli fanlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan 
ijtimoiylashuvning xilma-xil – madaniy, axloqiy, huquqiy, mehnat, psixologik 
ko‘rinishlarini aks ettiradi. Pedagogika haqida gap ketganda esa, bu sohadagi 
ijtimoiylashuv jarayoni pedagogikaning predmeti, sohasi va ehtiyojlarining o‘ziga 
xosligini hisobga olib, pedagogik ijtimoiylashuv turi sifatida alohida e'tibor bilan 
qarab o‘tiladi. Bu insonning dunyoga kelgan vaqtidan boshlab ijtimoiy belgilangan 
va muhim pedagogik yangidan shakllanuvchi tajribalarni – tarbiyalanganlik, ta'lim 
olganlik, ma'lumotlilik va rivojlanganlik hamda ularning kelgusidagi butun umri 
mobaynida muttasil o‘zgarib borishi (mukammallashuvi) jarayoni va yuzaga kelish 
natijasidir. 
Bu holda shaxsga nisbatan sust ravishda yondashuv kuzatilmaydi, balki u 
ijtimoiy munosabatlarning va pedagogik tizimning subekti sifatida, tajriba 
egallashda faollik va mustaqillikni namoyon qiluvchi hamda o‘z-o‘zini 
shakllantiruvchi, shu bilan birga o‘z hayot yo‘li uchun javobgarlikni his etuvchi 
subekt sifatida qaraladi. Pedagogikaning vazifasi – insonga fikrlovchi shaxs, 
ijtimoiy faol fuqaro bo‘lib yetishishiga, jamiyatda o‘z o‘rnini va xulq-atvorini, o‘z 
istak-maqsadlarini yo‘nalishini anglaydigan, pedagoglar va jamiyatdagi pedagogik 
tizim bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va mustahkamlashga 
yo‘nalgan shaxs bo‘lishiga yordam berishdir. 
Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin