International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Livorno, Italy https :
econferencezone.org May 2 nd -3 rd 2022 218
-hozirgi zamon fizikasini fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekalogiyadagi va boshqa tarmoqlardagi
muammolarni hal etish yo’lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko’rsatishdan iboratdir.
Ana shunday ulkan talablarni hisobga olishga o’qitishning diafilm, kinofilm, radio kabilar bilan bir
qatorda kompyuterlarning ham o’rni beqiyosdir.
XXI asr bo’sag’asida kompyuterlashtirish yuqori cho’qqilarni egallagan bir vaqtda, fanlarni kompyuter
dasturlari orqali o’qitishni davr talab qilmoqda. O’quv jarayonida kompyuterlashtirish katta jadallik bilan kirib
kelmoqda. Kompyuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin.
Kompyuterdan bilim berishda olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar yechishda va
labaratoriyada keng foydalanish mumkin. An’anaviy labaratoriyalar, ularga dunyoning moddiyligi haqida
ishonch shakllanadi, dunyoning o’rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada
talim oluvchilarning mantiqiy jikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Turli xil fizik qonuniyatlarni o’rgatuvchi, parametrlar o’rtasidagi parametrlar o’rtasidagi bog’lanishni
o’rgatuvchi grafiklarni chizuvchi fizik jarayonlarni tabiatga ro’y berishiga yaqin tarzda amalgam oshiruvchi
kompyuter dasturlari keyingi vaqtda ko’plab tuzilmoqda. Bunday dasturlardan fizika fanini o’qitishda ham
foydalanib kelinmoqda.
Umumiy fizika kursi materiali hajmi jihatdan katta. Bu materiallarning bo’limlari bo’yicha o’qitishda
kompyuterdan foydalanish afzalroq bo’lgan materialni tanlab olish lozim. Masalan fizikaning “atom va yadro
fizikasi” bo’limining o’zidagina o’lchovi angstrem tartibida otom va elementar zarralar o’rtasidagi
jarayonlarni tajribalarni an’anaviy labaratoriya sharoitida kuzatib bo’lmaydi. Chunki odamning ko’rish
qobiliyati
sm 8
10
−
o’lchovidagi nozik majmuani ko’rishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni
kompyuterda mul’tiplikatsiya tarzida kuzatish mumkin.
Keyingi vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun “elektron darslik”lar yaratish to’lda
qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin. Bu “elektron darslik”larning eng qulay
tomoni olisdan turib boshqarishga mavzuni o’rgatishga imkon beradi.
Zamonaviy EHMlarning yaratilishi juda murakkab masalalarni masalan gidroaerodinamika va issiqlik
almashinuvi masalalarini yechib hayotda kengroq tadbiq etish imkoniyatini ayrim murakkab tajribalarni
modellashtirish imkoniyatini yaratdi. Bu sohadagi masalalarni EHM yaratilmasidan avval yillar davomida
yechish mumkin edi. Ana shunday kuchli hisoblash mashinalari yaratilishi hech kimning hayoliga ham
kelmagan edi.
Birinchi EHMlar yaratilganda quvvatli hisoblash mashinalari faqat labarotoriya yoki ilmiy institutlarda
qo’llanilar edi. EHMlar hajmining kichrayishi narxining kamayishi esa ularning barcha sohalarda kengroq
kirib kelishiga sabab bo’ldi.
EHMlar rivoji amaliy masalalarni yechish va uni amalgam qo’llaydigan yangi bir necha fanlar qatori
hisoblash gidromexanikasi fani va fizik jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyatini yaratilishiga olib
keldi.
Hisoblash usullarining qo’llanishi no’zi ham tubdan o’zgardi. Shu bilan birga EHMda murakkab
masalalarni yechish usullarini yaratish juda ham avj oldi. Teskor xotirasi katta samarali EHMlar yaratish
talabi ham shu masalalarni yechishda kelib chiqqan. Albatta shu sababli ham ular hisoblash mashinasi deb
yuritilar edi. Hozirgi davrda bu nom juda tor ma’no bo’lib qoldi. Hisoblash gidroaerodinamikasi fanining
asosiy maqsadlaridan biri jarayonlarning asosiy matematik model yordamida ifodalab ularning sonli usullar
va EHM yordamida yechishni o’rganishdir.
Hisoblash deganda matematik model yordamida yechish tushuniladi. Bu sohada jarayonlar ko’pincha
birinchi, ikkinchi va undan yuqori tartibli differensial tenglamalar (xususiy yoki xususiy bo’lmagan)
tenglamalar sistemasi orqali ifodalanadi. Barcha asosiy qonunlar: uzluksiz (massaning saqlanish qonuni),
harakatning saqlanish qonuni va boshqa qonunlar (differensial tenglamalar sistemasi) ko’rinishida
ifodalanadi.
Albatta ko’p hollarda fizik jarayonlar to’la aniqlikda matematik model yordamida ifodalana olmaydi.
Bunday hollarda jarayon soddalashtirilib (ideallashtirilib) olinadi. Umuman jarayonlarni hozirgi davrda ikki
usul bilan o’rganish mumkin:
-Matematik modellashtirish; -Tajriba o’tkazish.