Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 5,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/281
tarix15.07.2023
ölçüsü5,21 Mb.
#136620
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Birinchidan, 
xorijiy investorlar tomonidan xarid qilinishi mumkin bo„lgan 
ko„pgina mahalliy resurslar mamlakatda kamyob hisoblanadi. Xorijiy investorlarning 
bozorga kirib kelishi natijasida talabning o„sishi esa vaziyatni yanada 
keskinlashtirishi mumkin. Agar gap yaqin istiqbol to„g„risida ketayotgan bo„lsa, 
xorijiy investorlar o„z shaxsiy manfaatlariga bo„ysunib, resurslar evaziga yuqoriroq 
narhlar to„lab ushbu tanqislikni bartaraf etishlari mumkin. Lekin, bu inflyasiya 
jarayonlari rivojlanishini tezlashtirishi va mamlakatda faoliyat ko„rsatayotgan boshqa 
firmalar uchun resurslar tanqisligi muammosini keskinlashtirishi mumkin. Uzoq 


59 
muddatli rejada EIHda faoliyat yuritayotgan firmalar tomonidan qo„shimcha talab 
mahalliy tovar yetkazib beruvchilarni ushbu yangi talabni qondirish uchun ishlab 
chiqarish quvvatlarini ko„paytirishga majbur etadi. Lekin, bunday jarayon bir necha 
yil davom etadi.
Ikkinchidan, 
mahalliy resurslarning sifati va texnologik darajasi xorijiy 
firmalar tomonidan ushbu resurslarga bildirilayotgan standartlarga mos kelmasligi 
mumkin. Ushbu muammoga xorijiy investorlar mahalliy resurslardan foydalangan 
barcha hollarda duch keladilar. Vaqt o„tishi bilan mahalliy tovar yetkazib beruvchilar 
asta-sekin o„z ishlab chiqarishining texnologik darajasini ko„tarib boradilar. Biroq, 
ushbu texnologik takomillashtirish avtomatik ravishda ro„y bermaydi. Agar 
texnologiya darajalari o„rtasidagi tafovut kattta bo„lsa, xorijiy investorlar mahalliy 
tovar yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni uzishga va zonadagi faoliyatini o„zining 
an‟anaviy yetkazib beruvchilariga tayangan holda davom ettirishga qaror qilishi 
mumkin. Bundan kelib chiqadiki, EIHlardagi xorijiy firmalar va undan tashqarida 
faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalar o„rtasida iqtisodiy va texnologik aloqalarni 
o„rnatish usullari, rag„batlari va tashkiliy shakllari tizimi zarur.

Yüklə 5,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin