114
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHga investitsiyalarni jalb
etishda hudud investitsiya muhitini yaxshilash va uning yanada qulayligini oshirishga
alohida e‟tibor qaratish lozim.
2.
Investitsiya muhiti holatini o„rganish unga ta‟sir etuvchi omillarni aniqlash va
baholash bilan amalga oshiriladi. Shu sababdan investitsiya muhitiga ta‟sir etuvchi
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, infratuzilmaviy, texnologik va boshqa
omillarni, xususan, ular ta‟sirida yuzaga keladigan riskli vaziyatlarni oldindan
aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
3.
Investitsiya muhiti faqat mamlakatda yaratilgan qulay shart-sharoitlardan
iborat bo„lib qolmay, balki, ushbu sharoitda foydalaniladigan mehnat, moddiy,
moliyaviy, tabiiy resurslarning mavjudligi, arzonligi va ulardan foydalanishning
qulayligi kabilarni baholashni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: