Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
268
w
www.oriens.uz
August
2022
mazmuni muammosini o‘rganish V.V.Kraevskiy, B.C Lednev, S.Ya. Lerner, M.N.
Skatkin kabi olimlarning asarlarida o‘z ifodasini topgan.
Turizm faoliyati sohasida kasb-hunar ta’limi nazariyasi
va metodologiyasining
asoslari, umuman turizmni va uning turli bo‘g'inlari tuzilmalarini kadrlar bilan
ta'minlash masalalari bir nechta olimlar va amaliyotchilarning ishlarida yoritilgan:
Ular qatoriga I.V. Zorina, I.A. Ryabova, M.O. Nemolyaeva, S.E. Chijova, V.D.
Chepikalar kiradi.
Shuningdek A.A. Kolmakova, M.M. Marinina, M.A.
Morozov va boshqalar
tomonidan ta'lim jarayonining xususiyatlari ochib berilgan va mehmondo‘stlik
sanoati uchun kasbiy ta'lim va kadrlar tayyorlashni tashkil etishda e'tiborga olinishi
kerak bo‘lgan mezonlar shakllantirilgan.
Mamlakatimizda sayyohlik sohasini rivojlantirishning ustuvor masalalari va
ularning yechimlari xususida M.T.Aliyeva, A.F.Saidov, I.S.Tuxliev, D.Q.Usmanova,
N.Tuxliev, Q.X.Abduraxmonov, M.Q.Pardaev, B.SH.Safarov, O.X.Xamidov [5] va
bir qator boshqa iqtisodchi-olimlarning ilmiy tadqiqotlaridan
foydalanilgan va
o`rganib chiqilgan.
NATIJALAR
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. So‘nggi
yillarda O‘zbekiston turizm sohasidagi ulkan va tub o‘zgarishlar xalqaro hamjamiyat
tomonidan tan olinmoqda. Turizmni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, boshqaruv
tizimini
yaratish, turizm turlarini diversifikatsiya qilish, O‘zbekistonning xalqaro
maydonda tan olinishi va jozibadorligini ta'minlash bo‘yicha xujjatlar qabul qilindi.
Mamlakatdagi ichki sayohatlarning umumiy soni 2016 yildagi 8,8 milliondan 2019
yilda 14,7 millionga, 2021 yilda esa 15 million sayohatga o‘sdi.
So‘nggi 4 yil ichida O‘zbekistonda katta, o‘rta va kichik 833
ta yangi
mehmonxona foydalanishga topshirildi. Joylashtirish vositalarining umumiy soni
1442 donaga etdi, ularning soni 33,4 ming donani tashkil etdi.
Ayni paytda
O‘zbekistonda qurilish bosqichida yaqin kelajakda ishga tushirilishi rejalashtirilgan
yuzlab yangi mehmonxona loyihalari mavjud.
2022 yilda O‘zbekistonda barcha toifadagi mehmonxonalarning o‘rtacha ish
yuki bo‘yicha statistik ma'lumotlar tahlili ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi.
Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni
jadal rivojlantirish, yangi ish o‟rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush
darajasini
oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni
ta‟minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo‘yicha kompleks