INTIZOR_USMONOVA
GAP. GAPNING IFODA
MAQSADIGA KO'RA TURLARI.
GAP HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Gap
bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so'roqni yoki
buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir.
Gap so'z
birikmasidan kesim va ega, yoki faqat kesim bo'laklariga
aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi,
so'z
birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik
asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy
mundarija fe'l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan
bog'liq bo'ladi.
Bilib oling.
Gap muomalaning eng kichik birligi bo'lib,
tugallangan fikr va tugallangan ohangga ega bo'ladi,
gap tarkibidagi so'zlar ham ma'no tomondan ham
grammatik tomondan o'zaro bog'lanadi.
Ayrim hollarda gapdagi so'zlar tartib va ohang yordamida
ham o'zaro bog'lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi. Bu
gapda o va paxtalar so'zlari bir-biri bilan so'z tartibi orqali
bog'langan.
Har bir gap biror maqsad -mazmunni ifodalaydi. Og'zaki
nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang
bo'ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib
ham turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim
so'z (Kuz. Tong.) yoki so'z birikmalarini tugallik ohangi
bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad
anglashiladi: Ko'm -ko'k dala. G'arbiy chegaralardan biri.
Ayni bir sodda gapning ohangini o'zgartirish orqali ba'zan
uch xil mazmun ifodalash mumkin. Buvijonim keldilar. -
Buvijonim keldilar! -Buvijonim keldilar?
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap oxiriga
yo nuqta, yo so'roq, yoki undov belgisi qo'yiladi.
GAPNING IFODA MAQSADIGA KO'RA
TURLARI
Darak gap va uning uslubiy xususiyatlari
Har bir gapda ma'lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon
ifodalanadi. So'z yoki so'zlar vositasida ifodalangan fikr
gap deyiladi. Nutqimizda gaplar quyidagi maqsadlardan
biri uchun ishlatiladi:
1)xabar berish; 2)so'rash, aniqlash; 3)buyurish, undash;
4)istak, xohish bildirish.
Shu sababli gapning ifoda maqsadiga ko'ra darak gap,
so'roq gap, buyruq gap, istak gap turlari ajratiladi.
Eslab qoling:
So'zlovchining maqsadiga xoslangan gap
turlariga gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari deyiladi.
Ifoda maqsadiga ko'ra gaplar: 1)darak gaplar; 2)so'roq
gaplar; 3)buyruq gaplar; 4)istak gaplaga bo'linadi.
Darak, so'roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig'iq
va yoyiq, sodda va qo'shma gap shaklida bo'lishi mumkin.
Darak gaplar darak, xabar, ma'nosini bildiruvchi gaplardir.
Bunday gaplarning xarakterli xususiyati:
- kesimi tasdiq yoki inkor shaklida turgan aniqlik
maylidagi fe'llar bilan, ba'zan tasdiq yoki inkor shaklidagi
otlar bilan ifodalanadi;
- yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo'lgan
voqea-hodisani tasdi yoki inkor qilish yo'li bilan ifodalaydi;
- darak ohangi bilan talaffuz qilinadi;
- darak ohangi gap oxiriga qarab pasayib boradi;
- gap bo'laklari to'g'ri tartibda joylashgan bo'ladi.
Eslab qoling:
Kesimi aniqlik maylidagi fe'llar, tasdiq yoki
inkor ma'nosini bildiruvchi otlar bilan ifodalanib, biror
voqea-hodisa haqida xabar bildiruvchi gaplarga darak
gaplar deyiladi.
Masalan, Ana bu - bizning bog'imiz.
Yozuvda darak gaplar oxiriga nuqta qo'yiladi. Ba'zan darak
gaplardagi gap bo'laklarining me'yordagi tartibi o'zgarishi
mumkin:
a)Urug'chilik instituti shahar markazidan xiyla chetda
joylashgan
b)Shahar markazidan Urug'chilik instituti xiyla chetda
joylashgan
d)Xiyla chetda joylashgan Urug'chilik instituti shahar
markazidan uzoqda edi.
Juda muhim:
Darak gaplardagi bunday uch xil gap
bo'laklarining tartibi gapning umumiy mazmunini bir xil
ifodalasa ham, lekin uslubiy xoslanishlik va gap
bo'laklaridan birining ahamiyatlilik darajasini ifodalashga
ko'ra o'zaro farqlanadi: a) va b) harflari bilan belgilangan
gaplar kitobiy uslubga xos; d)harfi bilan berilgan gapda
institutning qayerda joylashganligiga alohida ahamiyat
berilgan.
Darak gaplar ma'lum axborotni tasdiq va inkor yo'li bilan
ifodalaydi. Kesimi bo'lishsiz fe'llardan, yo'q, emas so'zlarini
olgan sifatdosh va otlar bilan ifodalangan gaplar
darak-inkor gaplar sanaladi.
Juda muhim.
Ba'zan gapning inkor shakli orqali tasdiq
ma'nosi ifodalanadi. Bunday vaqtda ikkita inkor shakl
qo'llanilib, gapga tasdiq ma'nosini beradi. Masalan,
o'qimay qo'ymayman. Inkor shakl orqali ifodalangan tasdiq
ma'nosi tasdiq shakl orqali ifodalangan tasdiq ma'nosidan
kuchliroq bo'ladi.
Darak gaplar orqali tasdiq, inkor, xabar, orzu-umid,
maslahat, taajjub, tashvish, gina, kinoya ma'nolari ham
ifodalanishi mumkin. Masalan: Ba'zan ayollarning o'ziga
befarqligini ko'rib hayron qolasan kishi - tashvish.
Ayollarning tibbiy madaniyatini oshirish to'g'risida ham
o'ylanmog'imiz zarur -maslahat.
So'roq gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari
So'roq gaplar so'roq ma'nosini bildirgan gaplardir.
Eslab qoling: So'roq olmoshlari, so'roq yuklamalari yoki
so'roq ohangi yordamida ifodalanib, so'zlovchiga
noma'lum bo'lgan voqea-hodisa haqida axborot olish
maqsadida qo'llaniluvchi gaplarga so'roq gaplar deyiladi.
So'roq olmoshlari yordamida ifodalangan so'roq gaplar
so'roqqa javob bo'luvchi so'zni talab qiladi. Masalan: -
Ko'chatlarga kim suv quydi? - Salim.
So'roq yuklamalari orqali ifodalangan so'roq gaplar "ha"
yoki "yo'q" javoblarini talab qiladi. Ha yoki yo'q so'zlarini
javob tarzda qo'llab, so'ngra unga izoh beriladi.
Masalan: - Bu litseymi? - Ha, bu litsey.
So'roq gaplar oxiriga doimo so'roq belgisi qo'yiladi.
Ba'zan darak ma'nosini ifodalash uchun so'zlovchi darak
shaklidan (qolipidan) emas, balki so'roq gap shaklidan
foydalanadi. Masalan: Buni kim bilmaydi?
Juda muhim:
Bunday so'roq gaplar
ritorik so'roq gaplar
deyiladi. Ritorik so'roq gaplar javob talab qilmaydi. Javobi
shu gapning o'zida bo'ladi. Badiiy tilda, ba'zan ommaviy
nutqda so'zlovchi o'z his-tuyg'ularining hayajon bilan ifoda
etadi. Ritorik so'roq gaplar jumlaning ta'sirli bo'lishiga
xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi.
Bunday so'roq gap kesimi bo'lishsiz fe'llar bilan
ifodalangan bo'lsa, tasdiq darak gap ma'nosini, aksincha,
bo'lishli fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa, inkor gap ma'nosini
bildiradi. Masalan:
Bu daraxtni kesishga kim jur'at qiladi? ("Bu daraxtni
kesishga hech kim jur'at qilolmaydi" ma'nosini bildiradi).
So'roq gap orqali ifodalangan darak ma'nosi darak gap
orqali ifodalangan darak ma'nosidan kuchliroq bo'ladi.
Shuningdek, so'roq gap shakli orqali buyruq ma'nosi ham
ifodalanishi mumkin. Masalan: - Yurmaysizmi? ("Yuring"
ma'nosida)
So'roq gap orqali ifodalangan buyruq ma'nosi buyruq gap
orqali ifodalangan buyruq ma'nosidan kuchliroq bo'ladi.
Darak ma'nosini ifodalagan so'roq gaplarga so'roq-darak
gaplar, buyruq ma'nosini bildirgan so'roq gaplarga esa
so'roq-buyruq gaplar deyiladi.
Buyruq gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari
Buyruq gaplar - kesimi buyruq maylidagi fe'l bilan
ifodalanib, buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan
gaplardir. Masalan: Chiroyli yoz. Kitobni o'qing. Vahimaga
berilmang.
Juda muhim:
Buyruq gaplarning buyruq maylidagi fe'l
bilan ifodalangan kesimi ba'zan tushib qolishi mumkin,
lekin uning o'rni nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan:
Hamma paxta terimiga!
Buyruq gaplarning oxiriga yozuvda nuqta (ba'zan undov
belgisi) qo'yiladi.
Buyruq gaplarning kesimi aniq nisbat, ikkinchi shaxs,
buyruq maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi. Masalan:
Chekmang!
Ba'zan majhul nisbat, uchinchi shaxs, buyruq maylidagi
fe'llar bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan: ishga
qabul qilinsin.
Juda muhim:
Ayrim hollarda uchinchi shaxs buyruq
maylidagi fe'llar bilan ifodalangan gapning kesimi II shaxs
ma'nosida qo'llaniladi. Masalan, Chekmang o'rniga
chekilmasin. Uyga kiring o'rnida Uyga kirilsin. Bunday
vaqtda iltifot, mulozamat bildirish, kesatiq kabi ma'nolarni
ifodalaydi.
Buyruq gapning kesimi, odatda, gap oxirida keladi. Ba'zan
buyruqni kuchaytirish, do'q-po'pisa ma'nosida
ifodalanganda kesim gap boshida keladi. Masalan,
Qo'lingizni oling o'rniga Oling qo'lingizni.
Buyruq gapga misollar:
1)Siz o'g'limga ozor bermang. 2.Tabarruk boshingiz
doimo omon bo'lsin. 3.Yer yuzini munavvar etaylik. 4.Bu
gaplarni ukangga aslo ayta ko'rma. 5.Kitob o'qishni
unutma
Istak gaplar va ularning uslubiy xususiyatlari
Kesimi shart-istak maylidagi fe'llar bilan ifodalangan
gaplar istak gaplar deyiladi. Yozuvda istak gaplar oxiriga
nuqta qo'yiladi.
Istak gapga misollar:
1.Xorijiy tillarni o'rganib, chet ellarga o'qishga borsam.
2.Qaniydi dunyodagi hamma bolalar baxtli yashasa. 3.
Doimo sog'lik bizni tark etmasa
Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko'ra ikki turga
bo'linadi: 1)his-hayajonsiz gaplar; 2)his-hayajon (undov)
gaplar.
Darak, so'roq, buyruq va istak gaplar his-hayajonsiz
gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo'lishi
bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon
gaplar undov gap deb ham nomlanadi.
Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan
ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gapdir. Ular
shodlik, quvonch, suyunish, qo'rquv, tantana, taajjub,
qayg'u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarini ifodalaydi va
baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq
qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi
qo'yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o'rgilsin!
(A.Q). Qadamlaringizga hasanot! (A.Q)
Salomlashish- so'rashish, xayrlashish singari holatlar
bilan bog'langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi
(To'y muborak! Xayr, do'stim!) va undov gaplar
hisoblanadi.
Undov gap so'roq gapdan hosil bo'lgan bo'lsa, oldin
GAPNING HIS-HAYAJONNING
ISHTIROKIGA KO'RA TURLARI
so'roq, keyin undov belgisi qo'yiladi: Aytsangiz -chi,
nima dedi?!
His-hayajon gaplarda ko'pincha qancha, naqadar,
qanday, shunchalar so'zlari hamda undov so'zlar ishtirok
etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, olam
naqadar go'zal! Gulla, yashna, Mustaqil O'zbekiston!
Dostları ilə paylaş: |