Moliya tizimi va moliyaviy siyosat Tayyorladi: Baxtiyorova Shahlo



Yüklə 2,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix23.07.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#137215
  1   2
Moliya tizimi va moliyaviy siyosat



Moliya tizimi va moliyaviy 
siyosat
Tayyorladi:Baxtiyorova Shahlo


1
Moliya tizimi haqida
2
Moliyaviy siyosat haqida
3
Soliq va soliq turlari
REJA:


Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining 
samarali amalga oshirilishi ko’p jihatdan 
moliyaviy rеsurslarga bog’liq bo’ladi. Pul 
vositasida takror ishlab chiqarishning bir 
bosqichidan boshqasiga o’tiladi hamda muayyan 
maqsadga yo’naltirilgan ijtimoiy fondlar 
vujudga kеltiriladi. O’z navbatida bu fondlar 
takror ishlab chiqarishning uzluksizligini va 
kеngaytirilishini ta’minlaydi.


Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan 
foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli 
xo’jalik yurituvchi bo’g’inlar, uy xo’jaliklari va 
davlatning pul mablag’lari fondini tashkil etadi. Pul 
fondlari hosil bo’lish manbalari va amal qilish tavsifi, 
maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va 
krеdit shakllari tusini oladi. Ushbu bobda moliyaning 
mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy bo’g’ini bo’lgan 
davlat budjеti va budjеt mablag’larining shakllanishida 
soliqlarning roli bayon etiladi.


Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror 
rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli 
mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va 
sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli 
qatlamlari o’rtasidagi pul mablag’lari oqimining 
samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi. 
Bunday pul oqimlari jamiyat rеal hayoti 
jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar 
va yuridik shaxslar o’rtasida o’zaro iqtisodiy 
munosabat va aloqalarni o’rnatadi.


Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy 
muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o’zining 
barcha vazifalarini aynan moliya mеxanizmi orqali 
amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi 
farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab 
chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon 
bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini 
rag’batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, 
tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.


Moliya – iqtisodiy katеgoriya sifatida pul 
mablag’laridan foydalanish va uning 
harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan 
munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli 
darajada pul mablag’lari fondlari vujudga 
kеltiriladi va ular takror ishlab chiqarish 
ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirish maqsadida taqsimlanadi.



Moliya pul bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, uning 
moddiy asosini pul tashkil qiladi, lеkin u pul emas yoki 
pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan 
ko’rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror 
ravishda amal qilishi, yuqori o’sish sur’atlarini 
ta’minlash maqsadida davlat ko’plab boshqa iqtisodiy 
sub’еktlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. 
Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, 
korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar 
o’rtasida pul mablag’lari fondlarining harakati bilan 
bog’liq holda vujudga kеluvchi iqtisodiy munosabatlar 
majmui.


Soliqlar davlatning paydo bulishi bilan vujudga 
kelgan. 
Soliqlar 
davlatning 
faoliyat 
ko’rsatishida moddiy asos bo’lib xizmat qiladi. 
Soliqlarsiz 
biron-bir 
davlat 
faoliyat 
ko’rsataolmaydi. Shuning uchun jamiyatda 
Soliqlarning amal qilishi obyektiv zaruriyat 
bo’lib hisoblanadi.Ma’lumki, jamiyatni tashkil 
etuvchi barcha subyektlar ishlab chiqarish 
soxalarida faoliyat kursata olmaydi, ularni bir 
qismi ishlab chiqarish bilan shug’ullansa, 
qolgan qismi esa noishlab chiqarish soxalarida 
faoliyat ko’rsatadi. Ushbu soxalar bir-biri bilan 
bog’liqbo’lsada, 
moliyalashtirish 
soxasida 
ularda bog’liqlik mavjud emas.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin