Microsoft Access 2013 dasturida soʻrovlar yaratish.
MS
Access 2013 dasturi yordamida tayyor jadvallarga soʻrov yaratish
imkoniyati mavjud. Soʻrovlar jadvallardan ma’lumotlarni saralash,
ularni qidirishni soddalashtirish maqsadida keng foydalaniladi. MS
Access 2013 dasturi soʻrovlarni 2 xil usulda yaratish imkonini
beradi:
1. “Мастер запросов” (soʻrovlar ustasi).
2. “Конструктор запросов” (soʻrovlar konstruktori).
150
“Мастер запросов” tartibida soʻrovlarni yaratish ketma-
ketligini koʻrib chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi
bosiladi va undan “Мастер запросов” tanlanadi. “Мастер
запросов” tanlangandan soʻng ekranda quyidagi darcha hosil
boʻladi.
5.19-rasm. Yangi soʻrov yaratish
Bu darcha yangi soʻrovlarni turli koʻrinishlarda yaratish
imkonini beradi. Bunda “Простой запрос”, “Перекрестный
запрос”
“Повторяющиеся
значения”,
“Записи
без
подчиненных” boʻlimlari yordamida soʻrovlarni yaratish imkonini
beradi. “Простой запрос” boʻlimini tanlaymiz va soʻrovni
yaratishni boshlaymiz. “OK” tugmasi bosilgandan soʻng ekranda
quyidagi darcha hosil boʻladi.
Darchada jadvalning nomi, jadvaldagi maydonlar roʻyxati va
tanlangan maydonlar roʻyxati paydo boʻladi. Jadvalimizda
familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, guruhi, stipendiyasi,
qarzdor fani nomli maydonlarimiz mavjud. Jadvaldan soʻrov
yordamida familiyasi, guruhi, qarzdor fanini ajratib olish kerak
boʻlsin. Buning uchun 5.21-rasmdagi darchadan mavjud maydonlar
roʻyxatidan familiyasi, guruhi, qarzdor fanini maydonlar ustiga
sichqoncha bir marotaba bosiladi va darchadan
tugmasi
bosiladi. Natijada quyidagi darcha hosil boʻladi.
151
5.20-rasm.. “Простой запрос” soʻrovini yaratish
5.21-rasm. “Простой запрос” soʻrovini yaratish
Boshqa oʻzgartirishlar amalga oshirilmasa “Готово” tugmasi
bosiladi va natijada quyidagi soʻrov darchasi paydo boʻladi.
152
5.22-rasm. “Простой запрос” soʻrovini yaratish
“Конструктор запросов” tartibida soʻrovlarni yaratish ketma-
ketligini koʻrib chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi
bosiladi va undan “Конструктор запросов” tanlanadi. Bunda
foydalanuvchi oʻzi mustaqil ravishda amallarni bajarishiga toʻgʻri
keladi. “Конструктор запросов” tanlangandan soʻng ekranda
quyidagi darcha hosil boʻladi.
5.23-rasm. “Конструктор запросов” tartibida soʻrovlarni yaratish
Bunda birinchi navbatda soʻrov qilinishi kerak boʻlagan jadval
nomi tanlanadi va “Добавить” tugmasi bosiladi. “Добавить”
tugmasi bosilgandan soʻng soʻrov birinchi jadval bilan bogʻlanadi
va jadvaldagi maydonlar ustida amallar bajarish imkonini beradi.
Unda maydonni tanlash, jadvalni tanlash, saralash, ekranga
chiqarish kabi boʻlimlari mavjud boʻladi. Jadvalimizda familiyasi,
153
ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, guruhi, stipendiyasi, qarzdor fani
nomli maydonlarimiz mavjud. Jadvaldan soʻrov yordamida
familiyasi, guruhi, stipendiyasi ajratib olish kerak boʻlsin. Buning
uchun 5.24-rasmda hosil boʻlgan darchada amallarni bajarish
kerak.
5.24-rasm. “Простой запрос” soʻrovini yaratish
Kerakli maydon, jadval tanlangandan soʻng soʻrovni saqlash
kerak boʻladi. Saqlash uchun asosiy menyuning “Главная”
boʻlimidan “Сохранить” buyrugʻi tanlanadi. Natijada quyidagi
darcha hosil boʻladi.
5.25-rasm. “Запрос” ni saqlash darchasi
Soʻrovni saqlash uchun “Имя запроса” qismiga kerakli nom
beriladi va “OK” tugmasi bosiladi. Barcha oʻzgartirishlar
kiritilgandan soʻng natijada quyidagi soʻrov paydo boʻladi.
154
5.26-rasm. Tayyor boʻlgan soʻrov darchasi
Dostları ilə paylaş: |