20
IV SINF
Matematika fani o‘quv dasturi Xalq ta’limi
vazirligining 2020-yil 10-apreldagi 102-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
0 dan 1 000 000 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiydi, yozadi,
taqqoslaydi, tartibga soladi, modellarda tasvirlaydi;
sonlarni qo‘shish va ko‘paytirish
jadvallaridan, arifmetik amallarning
algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida
qo‘shish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajaradi, arifmetik amalda
qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlaydi;
o‘rganilgan turlardagi
tenglamalarni yеchadi, masalalarni tenglama tuzish
yo‘li bilan (tenglamalarga olib kelinadigan masalalar) yyеchadi;
tengsizliklar haqida tasavvurga ega bo‘ladi;
10, 100, 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish amallarini og‘zaki va yozma
bajaradi;
bir xil ko‘paytuvchilarni sonning darajasi ko‘rinishida ifodalay oladi;
qo‘shish va ko‘paytirishning o‘rin
almashtirish, guruhlash va taqsimot
xossalarini tushunadi va ularni hisoblashlarda qo‘llaydi;
bo‘lish va ko‘paytirish amali bilan yyеchiladigan, blok-sxema ko‘rinishida
berilgan, o‘rta arifmetikni topishga doir va geometrik mazmunidagi amaliy
masalalarni yеcha oladi;
eng sodda mantiq elementlari (“...va...”, “... yoki...”, “agar... bo‘lsa, u holda ...
bo‘ladi” ko‘rinishidagi) asosida mantiqiy ifodalarni to‘g‘ri tuza oladi;
bir xil qismlardan tuzilgan har xil shakllar va fazoviy (parallelepiped, kub,
shar)
figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va nomlaydi;
o‘rganilgan ko‘rinishidagi tenglamalarni komponentlar va amallar natijalari
orasidagi bog‘lanishlar asosida yеchadi;
bir xil yo‘nalishdagi hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga doir 2 - 4
amalli, proporsional bo‘lishga, to‘rtinchi
proporsionalni topishga, ikki ayirma
bo‘yicha noma’lum sonni topishga, sonning ulushini va ulushi bo‘yicha sonni
topishga, vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l; narx, miqdor, baho kabi
kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga
oid masalalarni yеcha oladi;
bir xil maxrajli sodda kasrlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajaradi;
to‘plamlarning kesishmasi, Venn diagrammasi haqida tasavvurga ega bo‘ladi
va amallarda qo‘llaydi;
koordinata boshi, koordinata o‘qlari, koordinata burchagi, nuqtaning
koordinatalari kabi terminlardan foydalanib, koordinata to‘rini tuza oladi;
ko‘pyoq, to‘g‘ri
burchakli parallelepiped, kub kabi soddo fazoviy
figuralarning modellari va elementlarini aniqlaydi, chizmada bo‘yaydi nomlay
oladi;
simmetrik shakllarni taniydi, simmetriya o‘qlarini topadi;
21
massa birliklari va ular orasidagi munosabatlarni amaliy masalalarda qo‘llay
oladi;
yuz va hajm o‘lchovi birliklari (
santimetr kvadrat, detsimetr kvadrat, metr
kvadrat, santimetr kub, detsimetr kub, metr kub)dan
amalda foydalana oladi
vaularni mm
2
, sm
2
, dm
2
, m
2
, mm
3
, sm
3
, dm
3
, m
3
ko‘rinishda belgilay oladi.
o‘zgaruvchining qiymati va berilgan ma’lumot, axborotlarga ko‘ra sodda
grafik, murakkab bo‘lmagan diagramma, jadvallar, shkalalar tuzadi;
atrof–borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan
bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi.
Dostları ilə paylaş: