96
bozorlarida savdoga qoʻyiladigan aksiyalaridir. London,
Singapur, Lyuksemburg
yevroaksiyalar savdosi amalga oshiriladigan asosiy moliyaviy markazlar
hisoblanadi. Investorlar turli mamlakatlardan sotib oluvchilar boʻlganligi
uchun
bitimlar mamlakatlar milliy valyutalarida tuzilishi mumkin.
Yevroobligatsiyalar
(
ingl. eurobond
) mamlakatdan tashqarida qattiq
valyutada sotiladigan obligatsiyalardir. Bugungi kunga
kelib yevroobligatsiyalar
har qanday mamlakatda chiqarilishi mumkin va aksariyat holatlarda yevro yoki
AQSH dollarida muomalaga chiqarilmoqda. Ularga misol sifatida yevrodollar
obligatsiyalari, yevroiyen obligatsiyalarini keltirish mumkin.
Yevroobligatsiyalar
emitentlar nuqtai nazaridan davlat (suveren) yevroobligatsiyalari va korporativ
yevroobligatsiyalarga boʻlinadi.
Yevrodepozitsertifikatlari
– amerika banklari boʻlinmalari va shoʻba
kompaniyalari va boshqa davlat banklari tomonidan xorijiy valyutada (asosan
AQSH dollarida) chiqarilgan qimmatli qogʻozlar. Bunda depozit sertifikatlari
bankda
depozit
joylashtirilganligi
haqida
maʼlumotnama
hisoblanadi.
Yevrodepozit sertifikatlari bozorida eng katta ulush Londonga toʻgʻri keladi.
Yevrodollar depozit sertifikatlari asosan yirik institutsional
investorlar uchun
moʻljallab chiqariladi.
Qisqa muddatli yevroqogʻozlar
– seriyali tarzda chiqariladigan xalqaro
darajada joylashtiriladigan qimmatli qogʻozlardir. Bunda eng yirik emitentlar
amerika transmilliy kompaniyalari hisoblanadi.
Xorijiy moliya bozorlaridagi keskin yuqori darajadagi oʻsishga
xorijiy
mamlakatlarda, masalan Yaponiyada jamgʻarmalarning sezilarli darajada ortishi
hamda moliya bozorlarida xorijiy investorlar ustidan davlat nazoratining bekor
qilinishi ham sabab boʻlgan. Aynan keltirilgan ikki jihat koʻplab emitentlarning oʻz
faoliyatlarini tashqi bozorlarda ham kengaytirishga imkon bergan. “Amerika
korporatsiyalari va banklarining zarur moliyaviy resurslarni
jalb qilish maqsadida
xalqaro kapital bozoriga chiqishi odatiy hol hisoblanadi. Oʻz navbatida amerikalik
investorlar ham investitsion imkoniyatlarni xorijdan qidiradilar. Natijada xorijiy
korporatsiyalar va banklar ham amerikalik investorlardan mablagʻ jalb qilishga
intiladilar, xorijliklar esa AQSHda muhim investorlar sifatida faoliyat yuritadi.
Xalvaro obligatsiyalar bozori va jahon fond bozorlaridagi
bunday holat bizga
moliya bozorining globallashuvi yuz berganligi va davom etayotganligini
koʻrsatadi”
37
.
Dostları ilə paylaş: