O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
14-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.12.2022
AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI.
Rashidov Abror Ro‘zimurod o‘g‘li
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston miliy universiteti
Jizzax filiali “Ijtimoiy va iqtisodiy fanlar” kafedrasi assistenti
Telefon: +998(90)485-92-91, rashidov.a.r1991@gmail.com
Askarova Nodira Qodirberdi qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
Jizzax filiali Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya
: Har bir inson farovon hayot kechirishni va turmush darajasi sifati
yaxshi bo'lishini xoxlaydi. Bu hohish istaklarni amalga oshirishda aholi daromadlari
asosiy ro'l o'ynaydi. Daromadlar asosan mehnat va tadbirkorlik faoliyatlari orqali
olinadi. Mehnatga layoqatli har bir kishi o'z mehnati bilan oilaning iqtisodiy
farovonligini ta'minlashga harakat qiladi. Bu o'z navbatida mamlakatning barqaror
iqtisodiy rivojlanishini ta'minlaydi. Bu maqolada aholining turmush darajasini
obyektiv statistik ma'lumotlar asosida iqtisodiy tashkil qilish, davlatning ijtimoiy
siyosatini o'rganib chiqamiz.
Kalit so'zlar:
Aholi turmush darajasi, obektiv statistik ma'lumotlar iqtisodiy
tahlil, davlatning ijtimoiy siyosati.
Kirish. Birinchi navbatda biz "daromad" va "boylik" tushunchalarini farqlarini va
aloqasini tushunib olaylik. Daromad ja'miyat a'zolarining shu paytdagi pul boylik va
xizmatlar zaxiralaridan tarkib topadi. Darmodad boylik yuzaga kelishining asosini
tashkil qiladi. Uning boylikdan yana bir farqi u ma'lum bir vaqt oralig'ida, odatda bir yil
ichida belgilanadi. Aholi daromadlari pul tushumlari yoki naqd pul yig'indisi sifatida
belgilanadi.
Aholining pul daromadlari - bu ish haqqi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan
daromad nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul ushumlari mulkdan foiz,
dvident renta qimmatli qog'ozlar, ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi mahsulotlari
hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko'rsatishdan kelib
tushadigan daromadlardir.
Barcha aholiga tegishli pul va natural (mahsulot shaklida) tushumlar hamda
koʻrsatilgan bepul xizmatlar summasi; aholining milliy daromaddagi hissasi. Aholining
jami turdagi daromadlari manbai – ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar, mu-kofot,
foyda, dividend, zayom va lotereya yutugʻi, bank toʻlagan foiz puli, koʻchmas mulkdan
kelgan renta toʻlovi va ija-ra puli, sugʻurta qoplamalari va boshqalardan iborat. Bozor
sharoitida Aholi daromadlarining eng katta qismi pul shakliga ega. Qishloq aholisi
oʻzining tomorqa xoʻjaligidan ham mahsulot olib daromad koʻradi va u natural
daromadga kiradi. Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamlariga bepul
mahsulot beriladi va xizmatlar koʻrsatiladi (bepul ovqatlanish, kiyim-kechak,
Dostları ilə paylaş: |