Ovoz va video lavhalarga ishlov berish. Reja : Videomontaj dasturlarida ishlash. WavePad ovoz muharriri



Yüklə 378,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix03.08.2023
ölçüsü378,2 Kb.
#138521
1   2   3   4
Ovozli ma’lumot bilan ishlash
 
1.
Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturlar) 
haqida;
2.
Android va iOS operatsion tizimida ovozli va video fayillarni yaratish;
3.
Windows muhitida ishlovchi video fayllarga ishlov beruvchi dasturlar 
va ulardan foydalanish;
Kundalik turmushda ovozli(audio) yoki video ma’lumotlardan keng foydalanamiz. 
Ya’ni musiqa eshitamiz, kino, kliplar va biror bir dasturni, yangiliklarni tomosha 
qilamiz. Bunday axborotlar aniq bir ssenariy asosida audio va video tahrirlagichlar 
yordamida yaratilgandir. Shu singari chet tillarini o’qitishda, o’rgatishda yoki 
o’qitish jarayonini samarali olib borishda ham ko’pincha bunday ma’lumotlarga 
murojaat qilamiz. Chunki audio va video uyg’unlashgan holda yaratilgan 
materiallarni qo’llash ya’ni elektron resurslardan foydalanish til o’rganish va til 
o’rgatishda, umuman darsni tashkil qilish sifatini oshiradi. 
Interaktiv vositalar axborotni taqdim qilishning turli xil vositalarini - tekst, statik 
va dinamik grafiklar, video va audio yozuvlarni bir butun majmuaga birlashtirish 
imkoniyatini yaratadi, bu esa ta’lim oluvchini o’quv jarayonida faol ishtirokchi 
bo’lishiga yo’l beradi, modomiki, axborotlarni taqdim qilish ta’lim oluvchining 
harakatiga muvofiq javob sifatida yuz beradi. 
Multimediadan foydalanish axborotni o’zlashtirishning o’ziga xos hususiyatlarini 
maksimal darajada hisobga olishga imkon beradi, bu pedagog tomonidan ta’lim 
oluvchiga komypyuter vositasida o’quv axborotlarini etkazib berishda juda ham 
muhimdir. Yaratilayotgan ko’pchilik elektron ta’lim resurslari axborotlarning turli-
tuman tiplari bilan ishlashga yo’naltirilgan. Ular fotosur’atlar, tovushli fragmentlar 
va albatta, animatsiya va video bo’lishi mumkin. 
Audio va video fayllarni yaratish yoki qayta ishlash ya’ni ularga ishlov berish 
uchun maxsus dasturlar(tahrirlagichlar) kerak bo’ladi. Hozirgi kunda bunday 
dasturlarning turi juda ko’p. Quyida biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. 
Odatda audio fayillar - WMA Audio (.wma), WAVE Audio (.wav), MPEG-4 


Audio (.m4a), Free Lossles Audio Codec (.flac), Digital Surround Audio (.dts), 
SUN AU Format(.au), Monkey’s Audio Format (.ape), Apple Lossles Audio 
(.m4a), AIFF Audio (.aiff), AC3 Audio (.ac3), AAC Audio (.aac), OGG Vorbis 
Audio (.ogg), MP3 Audio (.mp3), MP2 Audio(.mp2) va h.k. kengaytmadan iborat 
bo’lishi mumkin. Maxsus dasturlar (“video convertor” lar yoki audio 
tahrirlagichlar) yordamida bir kengaytmadan boshqasiga o’tkazish mumkin 
bo’ladi. 
WAVE (.wav) - juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows 
operatsion muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi. 
AU (.au, .snd) - Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion 
tizimida (.snd) qo’llaniladigan ovozli fayllar formati. 
MPEG-3 (.mp3) - Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson 
nutqidan farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni 
raqamlashtirishda qo’llaniladi. 
MIDI (.mid) - Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital 
Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va 
kompyuterlar uchun ishlab chiqilgan. 
MOD (.mod) - alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan 
raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format. 
IFF (.iff) - Interchange File Format - dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun 
yaratilgan format. 
AIFF (.aiff) - Audio Interchange File Format - ovozli ma’lumotlar almashish 
uchun format, Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi. 
RealAudio (.ra, .ram) - Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real 
Networks (www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format. 
Ovozli fayllarga maxsus dasturlar yordamida ishlov berish uchun yuqorida 
keltirilgan kengaytmali fayllar mavjud bo’lish kerak. Agar mavjud bo’lmasa ularni 
yozish kerak bo’ladi. Masalan, Windows 7 muhitida ovozlarni yozishda o’zining 
standart dasturidan foydalanish mumkin. Uni “Пуск” - “Все программы” - 
“Стандартные” - “Звукозапись” ketma - ketlikni bajarib ishga tushiriladi. 
Ovozni yosish uchun “Начать запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosish 
kerak bo’ladi. Agar shaxsiy kompyuterdan foydalansak unda ovoz yozish uchun 
mikrofon qurilmasidan foydalanishiz kerak bo’ladi. Agarda foydalanayotgan 
kompyuterimiz Noutbook bo’lsa, u holda uning mikrofoni o’zida joylashgandir. 
Yuqoridagi vazifalarni bajarib yetarli ma’lumot yozib bo’lingandan so’ng 
rasmdagi oynadan “Остановить запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini 
bosiladi. 
Shundan so’ng 4-rasmdagi oyna ochiladi va yozilgan audio yozuv “ WMA” 
kengaytmasi orqadi ko’rsatilgan manzil va nom bilan saqlanadi. 
Ovozli fayilga ega bo’ldik endi unga ishlov berish kerak, yani ayrim qismlarini 
olib tashlash, tovush balandliklarini o’zgartirish, sifatini oshirish, boshqa ovozlar 
qo’shish mumkin bo’ladi. Buning uchun maxsus audio tahrirlagichlar kerak 


bo’ladi. Ularning birnechtasi bilan tanishib chiqamiz: 
• Windows muhitida: 

S Ableton Live S Acid 
Music Studio S Adobe 
Audition S Adobe 
Soundbooth S Ardour S 
Audio Units B 
S Band-in-a-Box S Bitwig 
Studio 

S Cakewalk Sonar D 
S Digital Performer F 
S FormatFactory S Free 
Audio Editor 

S GarageBand L 
S Linux MultiMedia Studio S 
Logic Pro S Logic Studio 



S MAGIX Samplitude 
S Schism Tracker 
S Virtual ANS 
S MiniLyrics 
S Sound Forge 
S Virtual Studio 
S Mp3DirectCut 
S Sound Normalizer 
Technology 
S Music Construction 
S SoX (программа) 
S Vocaloid 
Set 
S Steinberg Nuendo 


S SunVox 
S N-Track Studio 
S Nero WaveEditor 
S SuperCollider 
S Propellerhead 


Reason 
S Pro Tools 
S Tracktion (DAW) 
S Studio One 


 R 
S Traktor DJ Studio 
П 
S Real Time 

S Протокол 
AudioSuite 
S Utau 
описания диска 
S REAPER 

S Record 
S Редактор 
(программа) 
табулатур 
S ReCycle 
S Rosegarden 
• Android operatsion tizimida 
S ocenaudio 
v3.0.5 S Audacity 
v2.1.2 S Wavosaur 
v1.1 S Capriccio 
v1.2.5 S AZ 
Audio PolyGrid 
v1.00 RC1 S Mammut 
0.59 S Marek 
Dolleiser InTune 3.2 
S Sionsoft QuickAudio 
2.0 S NCH Swift Sound 
WavePad 4.03 
S Steinberg WaveLab v5.01b S 
Dubstep 
S Audiops Audio Pitch And Shift 
v5.1.0.2 S Audacity 1.3.14 S Free 
Audio Editor v2010 8.3.2 
S Martin 
Pesch mp3DirectCut 
2.12 S Smasher 
v1.1.6 S Wave Editor S 
Audio Edit Magic 9.2.15 
Build 795 S Acoustica 
Premium Edition 
v4.00.357 S Sound Forge 
v.9.0 S Adobe Audition 
2.0 S GoldWave v5.08 
iOS operatsion tizimida 


S Audio Mastering S Traktor Dj 
S GarageBand 
Yuqoridagi jadvallardan ko’rinib turibdiki audio fayllarga ishlov berish uchun 
dasturlarni tanlash imkoniyati keng ekan. Shu kabi dasturlardan biri Sound Forge - 
ovoz tahrirlagichidir. Bu dasturdning imkoniyatlari juda keng bo’lib yaratilgan 
ovozli fayillarni yuqoridagi kengaytmalarning biriga keltirish mumkin bo’ladi. 
Hozirgi kunga kelib bu dastur ovozlar bilan ishlovchi ularni yaratuvchi dasturlar 
orasida yetakchi hisoblanadi.O’zining tarkibida ovozlarni qayta ishlash uchun 
hamma imkoniyatlarini mujassamlashtirgan. Quyida shu dastur bilan qisqacha 
tanishib chiqamiz: 
Videofayllar. Analogli va raqamli video 
Hozirgi kunda video ma’lumotlarning ikki tipi mavjud: analogli va raqamli. 
Analogli video videosignallarni uzatishning dastlabki usuli bo’lib, analogli 
usuldagi birinchi video formatlardan biri kompozit videosignal hisoblanadi. 
Kompozit analogli video barcha videokomponentlarni (yorqinlik, rang, sinxronlik 
va hk) bir signalga birlashtiradi. Bu elementlarni bir signalga birlashtirish hisobiga 
kompozit video sifati mukammal bo’la olmaydi. Natijada biz aniq 
bo’lmagan ranglar uzatilishiga, tasvirning yetarli bo’lmagan aniqligiga va boshqa 
sifat yo’qotish faktorlariga ega bo’lamiz. Shu sababli kompozit video turli video 
komponentlari mustaqil signallar sifatida namoyon bo’luvchi komponentli videoga 
tezda yo’l bo’shatib berdi. Gap shundaki, inson ko’zi yuqori yori tilganlikda ham 
aktiv va tayanch ranglar (R, G, B) ni qabul qiluvchi yorug’lik sezuvchan 
elementlardan tashqari deyarli to’liq qorong’ulikda ham aktiv va yoritilgan 
obyektnigina qayd qiluvchi elementlarga ega. Buning natijasida ranglar 
xususiyatidan ko’ra obyekt yorqinlgi qabul qilish uchun muhimroq hisoblanadi. 
Bundan tashqari uzatilayotgan axborot hajmi ham qiymatga ega: hajm qancha 
kichik bo’lsa, uzatuvchi tizim ham shuncha arzon va sodda bo’ladi. 
Analogli video haqida qisqacha ma’lumot 
Analogli video - Televidenieda qo’llaniladigan video tipi. Ekrandagi tasvir 
lyuminofor material bilan qoplangan, ma’lum to’lqin uzunligida, ya’ni aniq bir 
rangda nur tarqatuvchi ekran bo’ylab elektron nurlarning harakati davomida hosil 
qilinadi. Bu jarayon skanerlash deb ataladi va qatorlar (gorizontaliga) hamda 
kadrlar (vertikaliga) bo’yicha o’tkaziladi. Harakatli video hosil bo’lishi uchun 
sekundiga bir nechta kadrni skanerlash zarur. Televizorlarda kadrlar sekundiga bir 
necha o’nlab chastotada almashadi. 
Television standartlar 


Hozirgi kunda uchta asosiy rangli televidinie standarti mavjud: 
NTSC (National Television Standard Committee - milliy television standartlar 
komiteti) amerika standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastotota 60 GGs 

PAL (Phase Alternation Line - o’zgaruvchan fazali satrlar) nemis standarti, 
kadrdagi satrlar soni 625. chastota 50 GGs; 

SECAM (Sequentiel couleur avec memoire - xotirali ranglar ketma-ketligi) 
fransuz standarti, kadrdagi satrlar soni 525, chastota 50 GGs. 
Standartlar qo’llanilayotgan modulyatsiya va chastota qiymatlari bilan bir-biridan 
farq qiladi. 
Raqamli video haqida qisqacha ma’lumot 
Raqamli video - ma’lumot raqamli ko’rinishda saqlanuvchi tasvir yoki tasvirlar 
to’plami. Unda raqamli signallar va xalqaro television va analogli videoda 
qo’llaniladigan tasvirni ekranga chiqarish standartlardan farq qiluvchi standartlar 
qo’llaniladi. Raqamli video analogli videoga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: 
bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni minimallashtirib, 
tasvirlardan nusxa olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi, tasvirdagi 
piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson 
tahrirlash imkoniyatiga ega va hk. 
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli 
raqamlash, 13.5 MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs 
chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi 
vaqtlarda television va kompyuter videolarini birlashtirish tendensiyalari 
kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar 
yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga 
yaqinlashtirilishi analogli signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin 
almashishiga olib keladi. Dastlab video analogli formatdan raqamli formatga 
o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan biriga yoziladi. Bu qattiq disk, 
CD, DVD yoki ixtiyoriy boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni 
kompyuterdagi dasturlar yordamida namoyish etish imkoniyati paydo bo’ladi. 
Raqamli videoga qo’yilgan oxirgi qadamlar ham aynan raqamli va analogli 
videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD- Video va HDTV (High Definition 
TV - yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab 
chiqilayotgan yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi. 
Video-ma’lumotlarni saqlash formatlari 
CD AVI (Audio Video Interleave - audio va video almashinuvi) - videoni saqlash 
va Windows muhitida namoyish etish uchun Microsoft tomonidan yaratilgan 


format, tasvir va ovozning bir vaqtda saqlanish imkoniyatini beradi. Bu formatdagi 
video yozilishida avval kadr, so’ngra shu kadrga mos ovoz navbatma-navbat 
yoziladi. Videokadrlarga bo’linishi tabiiy, lekin ovoz uzluksiz oqimga ega bo’lib, 
sun’iy ravishda kadrlarga mos fragmentlarga bo’lib olinadi. Agar ovozni ham 
videoni ham videokiritish qurilmasida yozilsa hech qanday muammo yuzaga 
kelmaydi, agar ovoz ovoz kartasi yordamida yozilsa, video bilan ovozning aniq 
sinxronligi buziladi, ba’zan ovoz tasvirdan “qochadi”. Bu formatdagi 
videoyozuvlarda odatda turlicha formatdagi video siqishlar (kompressiya) 
qo’llaniladi: Microsoft Video (8va 16-bitli ranglarda), Motion JPEG, Microsoft 
RLE (8-bitli ranglarda), Indeo va hk. Dastlab video olish va namoyish etish uchun 
Microsoft tomonidan yaratilgan Video for Windows dasturiy to’plami qo’llanilgan, 
lekin hozirgi kunda foydalanuvchida buning uchun juday qulay imkoniyatlar ham 
mavjud. Bu imkoniyatlarni hisobga olgan holda Microsoft companiyasi AVI 
formatni almashtirishga mo’ljallangan ikki yangi format ASF (Advanced 
Streaming Format - mukammallashgan potoklar formati) va AAF (Advanced 
Authoring Format) formatlarni ishlab chiqish haqida qaror qildi. Bunda eski AVI 
formati ham qo’llanishda davom etib, AVI, ASF va AAF formatlarini bir-biriga 
aylantirish uchun vositalar yaratilishi rejalashtirilmoqda. 
Quick Time Movie (.qt, .mov) - Adobe firmasi tomonidan Quick Time 
texnologiyalari asosida yaratilgan video yozish va namoyish etish uchun keng 
tarqalgan formatlardan biri. Turli videolarni ciqish formatini podderjka qiladi, shu 
jumladan MPEG va Indeo formatlarini ham, shuningdek, uzining xususiy 
kompressiya uslubiga ham ega. Mustaqil “yo’lakchalar”ga (video va audio) 
ma’lumot yozish imkoniyati mazkur formatning muhim jihati hisoblanadi 
Videoma’lumotlar turli yo’lakchalarda turli chastotalarga va razresheniyaga, 
audioma’lumotlar - turlicha formatga ega bo’lishi mumkin va hk. 
MPEG (Motion JPEG)(.mpg, .mpeg, .dat) - Harakatli tasvirlar bo’yicha ekspertlar 
guruhi (MPEG - Moving Picture Expert Group) tomonidan video yozish va 
namoyish etish uchun ishlab chiqilgan format. O’zining xususiy kompressiya 
algoritmiga ega. Hozirgi kunda raqamli videolarni yozish uchun faol 
qo’llanilayotgan MPEG-4 algoritmi ishlab chiqilgan. 
Digital Video (.DV) - Raqamli videokamera va videomagnitofonlar uchun 
yaratilgan format. Aslida bu format emas balki DV firmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan siqish diapazoni, kodlash standarti kabi xususiyatlarni aniqlovchi 
spessifikatsiya. Signal tarkibiy qismli, MJPEG siqish metodi 5:1 koeffitsiyentli. 
Videoma’lumotlarni siqish 
Videoma’lumotlarni siqishning asosiy ko’rinishlari: 

oddiy, real vaqt rejimida; 



simmetrik va asimmetrik; 

sifat yo’qotish yoki yo’qotmaslik holatida; 
Videopotokni siqish yoki kadrlar bo’yicha siqish. 
1.
Oddiy siqish (real vaqt rejimida). 
Ko’pchilik tizimlar videoni raqamlashtirish bilan bir qatorda ularni siqadi ham. Bu 
operatsiyani sifatli bajarish uchun maxsus quvvatli prossessor talab qilinadi, shu 
sababli ko’pchilik kompyuterlardagi video kiritish/chiqarish platalari to’liq metrajli 
videolarni tahrirlash imkoniyatiga ega emas va ko’pincha kadrlarni o’tkazib 
yuboradi. O’tkazib yuborilgan kadrlar videotasvirlar silliqligini buzadi. Bundan 
tashqari kadrlar o’tkazib yuborilishi ovoz va tasvir sinxronligini buzilishiga olib 
keladi. Shu sababli raqamlashtirishda qo’llanuvchi videoplata sekundiga 24 
kadrdan kam bo’lmagan tezlikni ta’minlashi va kadr o’tkazib yubormasligi zarur. 
Bu tasvir buzilishiga yo’l qo’ymaydi. 
2.
Simmetrik va asimmetrik siqish. 
Farq videoni siqish va dekompressiya uslubi bilan bog’liq. Simmetrik siqish 
640x480 razresheniya bilan sekundiga 30 kadr tezlikda videofragmentni namoyish 
etishni taqozo etadi, agar uni raqamlashtirish va yozish xuddi shu parametrlar bilan 
bajarilgan bo ’lsa. Asimmetrik siqish - bu yetarlicha kattaroq vaqtda sekundiga 
videoni qayta ishlash jarayoni. Asimmetriklik darajasi odatda nisbat ko’rinishida 
beriladi. 150:1 nisbat siqilgan videoning bir minuti real vaqtdagi taxminan 150 
minutga to’g’ri kelishini bildiradi. Asimmetrik siqish sifatli videoga va uning 
namoyishi tezligidagi optimallikka erishish uchun juda qulay va samarali uslub 
hisoblanadi. Lekin bu uslubda to’liq metrajli rolikni kodlash juda ko’p vaqt olishi 
mumkin, shu sababli ham bu kabi jarayonlar ixtisoslashtirilgan kompaniyalar 
tomonidan bajariladi. 
3.
Sifat yo’qotiladigan yoki yo’qotilmaydigan siqish. 


Sifat yo’qotmasdan siqish usullari ko’p emas: ko’p uchraydigan baytlar 
kombinatsiyasi kichikroq bitlilariga yoki aniq qiymatlar ketma-ketligi kodlarga 
almashtiriladi. Siqish darajasi fayl tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy 
holatda ma’lumotlarga dekompressiya (manba ma’lumotlarini tiklash) uchun 
ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi ma’lumotlar tanlangan 
algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin. Hatto muvaffaqiyatli 
holda ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi. 
Ikki marta siqishning o’zi muvaffaqiyat. 
Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati qo’llaniladi, go’yoki ko’zga 
sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti qancha yuqori 
bo’lsa, video sifati shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat 
yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga sezilarli darajada bo’lmasada, manba 
va siqilgan material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video bilan ishlashda 
professionallar siqish koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi. Uni asimmetrik 
siqish koeffitsiyenti bilan chalkashtirmaslik kerak. 
Bundan tashqari, video sifati faqatgina siqish algoritmiga bog’liq emas, sifat 
raqamlivideoplata parametrlariga, kompyuter konfiguratsiyasiga va hatto dasturiy 
ta’minotga bog’liq bo’ladi. Videotasvirlarni raqamlashtirish uchun plata 
tanlanayotganda raqamli video parametrlarini boshqarish imkoniyatiga alohida 
e’tibor qaratish kerak. Videolarni raqamlashtirish va siqish uchun mo’ljallangan 
yaxshi tizim videotizimning texnik va dasturiy qismlari uchun muhim parametrlari 
ustida amallar bajara olishi kerak. Ko’pchilik hollarda videoning namoyish etish 
tezligi (kadrlar chastotasi/s) hal qiluvchi qiymatga ega bo’ladi, lekin bunday 
hollarda to’liq ekranli rejimda ishlashni rad etishga to’g’ri keladi. Boshqa hollarda 
esa sekundiga 15 kadrli tezlik yetarli bo’ladi, lekin bunda kadrlar sifati ideal 
bo’lishi lozim. Videolarni raqamlashtirish va siqish qurilmalari va dasturiy 
ta’minoti bu operatsiyalarni boshqara olishi kerak. Siqish uslublari juda 
ko’pchilikni tashkil qilishiga qaramasdan videolarni siqishning faqat MPEG 
(MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4) xalqaro standarti tan olingan. 
4.
MPEG texnologiyasida potokli video siqish uslubi qo’llaniladi, bunda har 
bir kadr alohida qayta ishlanmaydi, video fragmentlarning dinamik 
o’zgarishlari tahlil qilinadi va ortiqcha ma’lumotlarni yo’qotish amalga 
oshiriladi. Ko’pchilik fragmentlarda tasvir foni yetarlicha stabil qoladi, 
harakat esa oldingi fonda amalga oshiriladi. Shu sababli MPEG algoritmi 
siqishni manba (kalit) kadrini yaratishdan boshlanadi. Qolgan tasvirlarni 
tiklashda tayanch kadr vazifasini o’tagan holda ular navbati bilan har 10-15 
kadrga ko’chirib boriladi. Faqat ular orasida joylashgan ba’zi tasvir 
fragmentlari o’zgarishga duch keladi. Aynan ana shu farq siqishda saqlanib 


qoladi. MPEG-texnologiyasini qo’llash natijasida ba’zi sifat yo’qotishga olib 
kelsada, 200:1 dan ham yuqori siqish koeffitsiyentiga ega bo’lsih mumkin. 
Videomontaj texnologik jarayonlari haqida 
Shaxsiy kompyuterlarda videomontaj jarayoni hozirgi vaqtda uchta asosiy 
operatsiyani o’z ichiga oladi: raqamlashtirish, raqamlashtirilgan videoni qandaydir 
axborot tashuvchida saqlash va raqamlashtirilgan tasvirlarni dasturiy vositalar 
yordamida o’zgartirish. 
Raqamlashtirish - bu analogli manba (masalan, videokamera) signalini raqamli 
shaklga aylantirish hisoblanadi. Raqamli videokameradan foydalanilganda bu 
operatsiyaga hojat qolmaydi, chunki bunda raqamlashgan signalga ega bo’lamiz. 
Almashtirish aniqligi ikkita asosiy xarakteristika: raqamlashtirish darajasi va 
diskretizatsiya chastotasiga bog’liq bo’ladi. Raqamlashtirish darajasi deganda 
kiruvchi signallar bo’linadigan amplitudalar bo’yicha darajalar soni tushuniladi. 
256 darajaga bo’linganida ma’lumot yo’qotilmasligi aniqlangan. Diskretizatsiya 
chastotasiga raqamlanayotgan tasvir razresheniyasi bog’liq bo’ladi. Masalan, 
720x576 razresheniyeda diskretizatsiya chastotasi 13.5 MGsni tashkil qiladi. 
Ikkinchi amal - raqamlangan tasvirning qaysidir axborot tashuvchida saqlanishi 
bo’lib, texnik tomondan jarayondagi eng murakkab amal hisoblanadi. Buning 
uchun turlicha ma’lumotlarni siqish texnik-dasturiy uslublar qo’llaniladi. 
Uchinchi amal - raqamlashtirilgan va siqilgan tasvir va ovozni dastiy vositalar 
yordamida o’zgartirish bo’lib, bu jarayon yakunida olingan natijani qiyinchiliksiz 
axborot tashuvchilarda saqlash mumkin bo’ladi. Bu amallar asosan kompyuter 
qurilmalari yordamida bajariladi. 

Yüklə 378,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin