33
Zamonaviy optik tolalarda mikro qo‘shimchalar miqdori juda
kichikligi uchun tashqi yutilish shovqinlari minimal bo‘lib, ularni xisobga
olmasa xam bo‘ladi. Lekin ON konsentratsiyasi birdan million qismni
tashkil etganda, 1390 nm to‘lqin uzunligida yo‘qotishlar 50 dB bo‘lishi
mumkin.
Nurni sochilishidan xosil bo‘ladigan yo‘qotishlar ichki yo‘qotishlar
xisoblanib, optik tola o‘zagining defektlari: xavo puffakchalari, yoriqlar,
tolani bir turda emasligi, ya’ni qo‘shimchalar qo‘shilishidan shisha
zichligini tasodifiy o‘zgarishi tufayli yuzaga keladi. Bu omillar yorug‘lik
oqimi yo‘nalishini o‘zgartirib, og‘ishiga olib keladi, natijada sinish
burchagi oshib, yorug‘lik nuri qobiqdan tashqariga sochilib ketadi. Bundan
tashkari optik tolani bir turda emasligi, ya’ni qo‘shimchalar mavjudligi
yorug‘lik oqimini ma’lum qismini teskari tomonga aks etishiga - teskari
sochilishga olib keladi (3.7 - rasm) [7].
1550 nm to‘lqin uzunligida Releevsk sochilishlari umumiy
yo‘qotishlarning asosiysi hisoblanadi. Releevsk sochilishi to‘lqin
uzunligiga teskari proporsional bo‘lib, to‘lqin uzunligi oshishi bilan
yo‘qotishlar kamayadi.
Dostları ilə paylaş: