Multimediali tarmoqlarni loyihalashtirishda yechimlarni
asoslash.
Multimedia li aloqa tarmog‘ining loyihasi uch bosqichda amalga
oshirilishi mumkin.
1 - bosqichda turli xizmatlarga buyurtma berilganda turli terminallar
yuzaga keltirgan yuklama baholanadi. Loyihalashtirilayotgan tarmoq
uzellariga xizmat ko‘rsatish zarur bo‘lgan yuklamani baholash uchun
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur:
- terminallar soni;
- terminallar buyurtma qiladigan xizmatlar turlari;
- har bir xizmatni buyurtma qilishda terminal tomonidan
yaratiladigan solishtirma yuklama;
- har bir xizmatga mos keluvchi yuklamaning statistik xossalari;
- barcha turdagi xizmatlar va terminallar bo‘yicha yig‘indi yuklama;
- yuklamani yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash.
Har bir terminal yuzaga keltiradigan yuklama mavjud statistik
ma’lumotlar yoki normativlar asosida baholanishi mumkin.
Multimedia li tarmoqlarda asosan turli xil xizmatlarni ta’minlashga
qodir funksional terminallardan foydalaniladi. Shuning uchun har bir
xizmat bo‘yicha yuklamani baholash zarur.
Yo‘nalishlar bo‘yicha yuklamani taqsimlash uchun tortishish
koeffitsientlarini hisoblashga asoslangan usullardan foydalaniladi.
Multimediali
tarmoqni
loyihalashtirishning
2–bosqichida
quyidagilar zarur bo‘ladi:
393
- transport tarmoqni amalga oshirish uchun texnologiyalarni
qo‘llashni asoslash va tanlab olish;
- transport tarmog‘ini qurish topologiyasini tanlash va asoslash, shu
jumladan fizik sathdagi topologiyani (shina, yulduz, halqa, aralash va
xokozo),
fizik
sathda
ulanishlarni
tashkil
etishning
mantiqiy
topologiyasini, shuningdek yuqoridagi sathlarda fizik yo‘llarni, mantiqiy
kanallarni zahiralashni hisobga olgan holda va muqobil marshrutlarni
tashkil etish;
-
barcha
tarmoq
uzellari
(kirish
uzellari,
kommutatorlar,
multipleksorlar, marshrutizatorlar, portlar, shlyuzlar) bo‘yicha, shu
jumladan tarmoq sathidagi xizmatchi protokollar (ICMP, IGMP, IGRP,
RSVP, marshrutlash protokollari) bo‘yicha uchta quyi sathlarning
protokollarini steklari va profillarini detallashtirish (u yoki bu protokol
yordamida qo‘llab-quvvatlash zarurligini, protokol turini, uning stekdagi
holatini baholash);
- chetki terminallar, shuningdek xizmatlarni ta’minlashning tarmoq
uzellari uchun (web, E-mail, DNS, FTP, billing, SN xizmatlar serverlari)
xizmatlarni ta’minlash uchun yuqori sathlarning protokollarini hisobga
olgan holda protokollarning steklarini va profillarini detallashtirish;
- tanlangan texnologiya va o‘zaro ta’sirlashuvchi tarmoqlar turiga
muvofiq tarmoq interfeyslari turlarini aniqlash, ularning o‘tkazish
qobiliyatini keyinchalik hisoblab chiqish zarur.
Loyihalashtirishning 3-bosqichida quyidagi amallarni bajarish
kerak:
-
xizmatlarning har biri bo‘yicha axborot trafigini (U tekisligida),
shuningdek konsentratsiyalash, multipleksorlash, tarmoqlar va kirish
uzellari (AN) trafigini biriktirishning boshqa turlarining barcha xizmatlari
bo‘yicha umumiy (yig‘indi) axborot trafigini hisoblash;
-
trafikni
tarmoq
uzellari
orasidagi
yo‘nalishlar
bo‘yicha
(kommutatsiyalash-marshrutlashtirish uzellarini va xizmatlarni ta’minlash
serverlarini ham inobatga olib) taqsimlashni hisobga olgan holda magistral
tarmoq yadrosini (Core Network, CN) kommutatsiyalash va marshrutlash
uzellarida barcha xizmatlarning axborot trafigini hisoblab chiqish;
-
axborot
protokollari,
RTP/UDP/IP/MPLS
protokollarining
xizmatchi qismi kiritadigan ortiqcha trafik ulushini baholash;
-
chaqiriqlarni boshqarish uchun (SIP, ISUP, Q 931, PSTN- V 5.2, H.
225 va boshqa signal protokollar);
-
shlyuzlarni boshqarish (H. 245, H 248, MCCP RAS );
-
marshrutlash, billing, mualliflash, DNS xizmatlarni boshqarish;
394
- talab etiladigan yetkazib berish sifat ko‘rsatkichlariga amal qilgan
holda turli xizmatlar uchun navbatlarga xizmat ko‘rsatish intizomini
tanlash;
- tarmoq uzellarining buferli xotirasi xajmlarini va bu uzellarning
talab etilgan unumdorligini baholash;
- tarmoqning tanlab olingan topologiyasi uchun foydalaniladigan
interfeyslarning o‘tkazish qobiliyatini baholash va hisoblash;
Multimediali tarmoqni loyihalashning birinchi bosqichining
mazmunini ko‘rib chiqamiz.
-
Dostları ilə paylaş: |