28
2.4. Nominal va real YaIM
Iqtisodiyotda mavjud bo‗lgan inflyatsiya
jarayonlari YaIMni
hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko‗rsatkich dinamikasi bir vaqtning
o‗zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining
o‗zgarishini ifodalaydi. Bu shuni bildiradiki,
YaIM miqdoriga bir
vaqtning o‗zida ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning fizik hajmi,
ham baho darajasi o‗zgarishi ta‘sir ko‗rsatadi.
2.1-rasm. O‗zbekistonda real YAIM suratlari, o‗tgan yillarga
nisbatan foiz hisobida
Iqtisodiyotda
doimiy
inflyatsiya
jarayonining
mavjudligi
makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur
etib qo‗yadi. Chunki, inflyatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib
ko‗rsatadi.
Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda
boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish
uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko‗rsatkichlardan emas,
balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko‗rsatkichlardan
foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o‗laroq milliy
iqtisodiyotda juda ko‗p sonli tovarlar va xizmatlar
ishlab chiqarilishi
sababli ularning barchasini bir vaqtning o‗zida taqqoslama baholarda
hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan
eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o‗zgarishi
koeffisiyenti
29
(baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy Iqtisodiyot
uchun tadbiq etiladi.
Baholar indeksini yoki inflyatsiya darajasini hisoblash uchun:
-deflyator (Paashe indeksi);
-iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi);
-sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: