90
VIII BOB. PUL BOZORIDA MUVOZANAT
8.1. Pul tushunchasi, funktsiyalari, pul muomalasi va uni
o‗lchash
Iqtisodiy adabiyotlarda pul tushunchasiga bir necha ta'riflar
berilgan. Keling, quyidagilarni ta'kidlab o‗tamiz:
• bitimlar uchun ishlatilishi mumkin bo‗lgan moliyaviy
aktivlarning turi;
• tovar ayirboshlashda universal ekvivalent rolini o‗ynaydigan
maxsus tovar;
• inflyatsiya jarayonlari, siklik tebranishlar, iqtisodiyotdagi
muvozanat holatiga erishish mexanizmi, tovar va pul bozorlari
faoliyatining tahlilini amalga oshiradigan muhim makroiqtisodiy
kategoriya;
• barqaror narx darajasida daromad keltirmaydigan mulkning
o‗ziga xos turi.
Pul – iqtisodiyot subyektlari mulkining bir turi bo‗lib, mulkning
boshqa turlaridan ikki xususiyatiga ko‗ra farq qiladi; birinchidan, pul
yuqori likvidliliklar, ya‘ni qisqa muddatda, sezilarsiz sarf - xarajatlar
bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatiga ega; ikkinchidan
baholar o‗zgarmas bo‗lgan sharoitda pul yoki hech qanday daromad
keltirmaydi,
yoki
uning
daromadliligi
darajasi
boshqa
mulk
turlarinikidan ancha kam. Shunga qaramasdan kishilar nima uchun
mulk sifatida pulga egalik qilishga harakat qiladilar? Bu savolga javobni
pulning funksiyalaridan topamiz.
Odatda pulning uch asosiy funksiyasi mavjud deb qaraladi.
Bular :
Dostları ilə paylaş: