Alisher navoiy "xamsa"sining yaratilishida boshqa xamsanavislarning roli


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix10.08.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#139094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
alisher-navoiy-xamsa-sining-yaratilishida-boshqa-xamsanavislarning-roli

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 771 www.ares.uz 
Shoirning «Panj ganj»iga kiruvchi «Layli va Majnun» hamda «Xusrav va 
Shirin» dostonlari ham o„zbekchalashtirilgan. Nizomiy Ganjaviy "Xamsa" si 
yaratilgandan keyin oradan bir asr vaqt o`tib Amir Xusrav Dehlaviy Nizomiy asariga 
javob yozish bilan xamsanavislik an`anasini boshlab berdi. [Донишмандлар 
тухфаси, 2009: 97] 
Dehlaviyning 1299 - 1302 yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag„ishlangan 
«Xamsa»si quyidagi dostonlarni o„z ichiga oladi: «Matla' ul-anvor» («Nurlarning 
chiqish joyi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Oinai Iskandariy» 
(«Iskandar oyinasi»), «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat»). U Nizomiy dostonlarining 
shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni o„ziga xos talqin etdi va 
yangi mazmun bilan boyitdi. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining kengligi va 
bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si ruhiyat teranligi va 
qalb boyligini ko„z-ko„z qiladi. Nizomiy dostonlarida tafakkur va tuyg„unnisbatini 
ko„rsak, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sida inson qalbining nozik tebranishlari va 
badiiyat uyg„unligining hassos va go„zal tasvirlariga duch kelamiz. Aynan 
san'atkorona ishlanganligi uchun ham Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si o„zidan keyingi 
shoirlarga kuchli ta'sir ko„rsatdi, Xalaflari goya va mazmunda Nizomiyga ergashsalar 
ham, shakl va badiiyatda Xusrav Dehlaviyga izdoshlik qildilar. Jomiyning 
«Bahoriston»da e'tirof etishicha, hech kim Nizomiy «Xamsa»siga Xusrav 
Dehlaviydan o„tkazib javob yozolmagan. [Донишмандлар тухфаси, 2009: 235] 
Navoiy o„z «Xamsa» sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav 
Dehlaviydan ham kuchli ta'sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida uni ustozlari 
qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho bergan. 
Temur va Shohrux zamonida yashagan Jamoliyning tavalludi vafot yillari 
haqida aniq ma'lumot yo„q. Faqat G`. Aliev o„zining «Temi i syujeti Nizami v 
literaturax narodov Vostoka» nomli monografiyasida uning beshligi 1402 - 1417 
yillar oralig„ida yaratilgan degan fikrni bildiradi. Jamoliy «Xamsa»si quyidagi 
dostonlardan iborat: «Tuhfat ul-abror» («Maxzan ul-asror»ga javob),«Mehru Nigor» 
(«Xusrav va Shirin»ga tatabbu'), «Mahzun va Mahbub» («Layli va Majnun»ga 
tatabbu'), «Haft avrang» («Haft paykar»ga tatabbu'). Doston nomi aniq emas. Lekin 
voqealar mazmuni va qo„llanilgan vazn Nizomiy «Iskandarnoma»sini eslatgani 
uchun, uni Nizomiy beshligidagi so„nggi dostonga javob tarzida yozilgan deb 
hisoblash mumkin. 
Ashraf - Abu Ali Husayn ibni Hasan Marog„iy. Darvesh Hasan Xiyoboniy 
(tug„, noma'lum - vaf. 1460) nomi bilan tanilgan. 1436-1440 yillar mobaynida 
«Xamsa» an'anasini davom ettirgan. «Minhoj ul-abror» (Taqvodorlarning yo„li), 
«Riyoz ul oshiqayn» (Ikki oshiqning mashaq qatlari), «Shirin va Xusrav», 



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin