Yuqorida ta’kidlanganidek, Psixologik sogʻlomlik insonning o‘zi va
atrofidagi olam bilan munosabat qurishi uchun yetarli psixologik sifatlar va
vositalarning borligidir. Ya’ni psixologik sogʻlomlikning shakllanganligi deganda
Psixikamizda (Psixologik apparatimizda) va Shaxsimizda (Shaxs strukturasida)
ma’lum tarkibiy qismlar va sifatlar borligini tushunamiz va ular:
- bizga kelayotgan ma’lumotni savodli va adekvat darajada idrok etishga
yordam berishi;
- yangi sharoitga moslashishimizga ta’sir ko‘rsatishi va yordam berishi;
- qandaydir rolli, vaziyatli, pozitsiyaviy o‘zgarishlarni ko‘rishimizga
yordam berishi;
- rollarda, pozitsiyalarda, vaziyatlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar asosida
o‘zimizni o‘zgartirishimiz, korreksiya qilishimiz, kerakli sifatlarni
shakllantirishimizga yordam berishi kerak.
Masalan,
qo‘limiz sogʻlomligini qayerdan bilamiz? Qo‘l ishlayapti.
Oyogʻimiz sogʻlomligini qanday bilamiz – u ishlayapti. Organlar sogʻlomligini
qanday bilamiz – ular ishlayaptilar. Bizning psixikamiz, shahsimiz sogʻlomligini
qanday bilamiz – ular ham o‘z funksiyalarini bajarishyapdi!
Psixikaning sogʻlom va savodli belgilari o‘zingiz va real dunyo bilan
munosabatlarni savodli, adekvat va yetarli darajada ko‘rish, sezish va qurish
qobiliyatidir. Bu shuni anglatadiki:
−
O‘zi haqidagi bilimlarning mavjudligi (men bor, mening xususiyatlarim,
istaklarim, me’yorlarim),
−
Boshqalar haqidagi bilimlarning mavjudligi (o‘ziga xos xususiyatlari, istaklari
va standartlariga ega bo‘lgan boshqa odamlar ham bor),
−
Qadriyatlar
−
Dostları ilə paylaş: