247
10.6-jadval
Aralashmani qo’lda quyish va aralashtirishga hamda
bioreaktor ichida aralashmani qizdirishga ixtisoslashtirilgan
biogaz uskunasining texnik ko’rsatkichlari
Hajmi
10 m
3
Qayta ishlanadigan chiqindi miqdori
(1-1,3) t/kun
Chiqindi namligi
(86-92) %
Gaz chiqishi
(14,0-20,0) m
3
/kun
Issiqlik almashinish qobiliyati
(24000-26000) kj/m
3
Mahsulot shaklidagi biogaz chiqishi
(70-80)%
Mahsulot shaklidagi biogaz hajmi
(14-20) m
3
/kun
Hosil qiladigan issiqlik energiyasi
miqdori
(60-90) kW soat/kun
Organik o’g’it chiqishi
(1 – 1,3) t/sutka
Quruq moddasi kam (organik modda miqdori 2%dan kam)
bo’lgan suyuqliklardan biogaz tayyorlanganda, anaerob sharoitda
o’sib, rivojlanayotgan bakteriyalar biomassasini ushlab qolishga
mo’ljallangan reaktorlardan foydalaniladi.
Bijg’ishni tezlashtirish va turg’un jarayonlarni yaratish maqsadida
bioreaktorlarga qizdirish-isitish tizimlari ham o’rnatilgan. Ushbu
tizimdagi bioreaktorlar mezofil va termofil tartibda ishlash imkoniyati
mavjud.
Bunda biogaz uskunasi o’zida hosil bo’lgan biogazda
qizdiriladigan suvli qozonlar yordamida qizdiriladi. Ortiqcha gazlar
maxsus idishlarda saqlanadi yoki to’g’ridan-to’g’ri maishiy asbob-
uskunalarga uzatiladi. Qayta ishlangan aralashmalar esa vaqtinchalik
idish yoki hovuzlarda saqlanadi va dala maydonlariga yuboriladi.
10.6-chizmada tajriba davomida yaratilgan biogaz olish uskunasi va
10.6-jadvalda shu uskananing texnik ko’rsatkichlari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: