270
orqali) mijozlar bilan valuta operatsiyalarini xalqaro banklararo valuta
bozorida va birjalarda olib boradi. Valuta shartnomalarining asosiy
qismi xalqaro banklararo valuta bozorida tijorat banklari o‘rtasida
imzolanadi.
Xo‘jalik hayotining baynalmilallashuvi natijasida yirik xalqaro
valuta bozorlari London, Parij, Nyu-York, Frankfurt-Mayn, shuningdek,
Tokio, Singapur, Gonkong, Bahraynda muvaffaqiyat bilan faoliyat olib
bormoqda.
Bankning valuta bozoridagi faolligi bankning yirikligiga, uning
obro‘siga, xorijiy bo‘limlari va filiallari tarmoqlarining rivojlanganlik
darajasiga, zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanganligiga, telefon va
telegraf aloqalarining rivojlanganligiga bog‘liq. Valuta operatsiyala-
rining asosiy qismi yirik tijorat banklariga to‘g‘ri keladi. Ular nafaqat
valuta sotadi va sotib oladi, xalqaro hisob-kitoblarni bajaradi, balki
xorijiy valuta zaxiralarini saqlaydi va valuta kurslarini aniqlaydi. Boshqa
banklar ularga kotirovka yuzasidan murojaat qiladi va o‘z mijozlari
uchun valutani sotib oladi.
Valuta operatsiyalari xorijiy valutada ifodalangan naqd pulsiz to‘lov
vositalari: bank depozitlari, cheklar, veksellar, o‘tkazmalar hisobiga
amalga oshiriladi. Naqd xorijiy valutasi hisobiga amalga oshirilgan
operatsiyalar hajmi ancha kichik bo‘ladi.
[166].
Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida turli
xil hisob shakllari qo‘llanilishi mumkin. Bular qatorida bank buyrug‘iga
binoan:
pul o‘tkazish (o‘tkazma turi, to‘lov topshiriqnomasi);
bank cheki;
bank vekseli;
akkreditiv;
inkasso shakllari qo‘llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: