Ikkinchi bosqich. Eksportyor banki importyor mamlakatdagi bank-
korrespondentga inkasso topshiriqnomasi va hujjatlarni yuboradi.
Uchinchi bosqich. Bank-korrespondent importyorga hujjatlarni
taqdim etadi va inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani oladi
yoki trattani akseptlaydi.
To‘rtinchi bosqich. Olingan to‘lov miqdori importyor bankidan
eksportyor bankiga, undan esa eksportyor hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
[169]. Valutalar o‘rtasidagi nisbatni aniqlamasdan turib valuta ope-
ratsiyalarini o‘tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valuta «kotirovka»lari
yordamida o‘rnatiladi.
Valuta kotirovkasi deganda almashtirish uchun taqdim etilgan
valutalar kursini va ular o‘rtasidagi nisbatni o‘rnatish tushuniladi. Bosh-
qacha qilib aytganda, chet el valuta kursining valuta birjasida maxsus
idora tomonidan belgilanishi va maxsus bulletenlarda nashr qilinishi
valuta kotirovkasi deyiladi. Kotirovka, odatda, birjada amaldagi vaziyat
va qonunchilik normalariga muvofiq chet el valutalari, qimmatli
qog‘ozlar kursini yoki mollar narxini belgilash va ularni qayd etish bilan
bog‘liq.
Valuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo‘linadi.
Rasmiy valuta kotirovkasi davlat (asosan Markaziy bank) tomonidan amalga
oshiriladi. Rasmiy valuta kursidan davlat valuta operatsiyalarida,
bojxona ishlarida, to‘lov balansini tuzishda foydalaniladi.
Shuni qayd qilish lozimki, Markaziy emissiya banki belgilaydigan
rasmiy valuta kursini hukumat belgilaydigan maxsus yoki valuta
bozorida vujudga keladigan erkin valuta kursidan farq qilish kerak.
Bozor kotirovkasi talab va taklifning joriy nisbati asosida doimo
o‘zgarib turadi. U nobirjaviy valuta bozorida amalga oshiriladi. Keskin
valuta cheklovlari mavjud mamlakatlarda bozor kotirovkasi deyarli
qo‘llanilmaydi. Hamma operatsiyalar rasmiy kurs bo‘yicha amalga
oshadi.
Valuta kursi – bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul
birligida ifodalangan narxi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki valuta operatsiyalarini, shuningdek, bojxona to‘lovlarini
amalga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarish uchun quyidagi chet
el valuta kursining so‘mga nisbatan bo‘lgan narxini rasmiy ravishda
e’lon qildi: