Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Pul-kredit siyosatini ro‘yobga



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   354
Bank iwi

Pul-kredit siyosatini ro‘yobga
chiqarish usullari 
Ma’muriy bevosita
usullar
Iqtisodiy bilvosita 
usullar 


44
Ma’muriy va iqtisodiy usullarga quyidagicha ta’riflar berish mumkin: 
– ma’muriy usullar direktiv boshqaruvchi va me’yoriy qoidalar shaklini 
oladi, iqtisodiy usullar esa bozor mexanizmi orqali bilvosita amal qiladi: 
– ma’muriy usullar tijorat banklar balansining o‘zgarishlariga bevosita 
sabab bo‘ladi, iqtisodiy usullarning ta’siri esa Markaziy bank balansida 
bilvosita aks etadi; 
– ma’muriy usullar tijorat banklari beradigan kreditlarga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiy usullar esa banklarning kredit imkoni-
yatlarini kamaytirib yoki ko‘paytirib, ularning likvidligiga bilvosita ta’sir 
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasiga ikki yo‘l bilan, ya’ni 
kreditlar hajmlarining va ular bo‘yicha foiz stavkalarining miqdorlarini 
(yoki o‘zgarishlar yo‘lagini) bevosita belgilash yoki pul bozoridagi talab 
bilan taklif shartlarini tartibga solish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
[33]
. Foiz stavkalari ustidan nazorat turli shakllarda amalga oshi-
rilishi mumkin. Binobarin, foiz miqdorini ma’muriy tartibda bevosita 
belgilabgina qolmay, balki banklar uchun qayta moliyalashning tartibga 
solinadigan 
stavkalari
va qat’iy belgilangan 
marjalarni
joriy etish yo‘li 
bilan ham nazorat qilinadi. 
Moliyaviy munosabatlar sohasida tijorat banklari bilan ularning 
bankdan tashqaridagi mijozlari o‘rtasidagi depozit va jamg‘arma omo-
natlari bo‘yicha foiz stavkalari mustaqil belgilanadi va Markaziy bank 
tomonidan faqat me’yoriy qoidalar yordamida bevosita nazorat qilinadi. 
Pul bozoridagi foiz stavkalari pul muomalasi tezligiga va pul-kredit 
siyosatining samaradorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, muoma-
ladagi pul massasining ko‘payishi pulni arzonlashtiradi yoki foiz stavka-
larini kamaytiradi. Ammo foiz stavkalarining pasayishi amalda depozit 
va kredit bozorlarida ko‘pincha bir xil bo‘lmaydi, ya’ni: 
– banklar depozit stavkalari pasayganda kredit foiz stavkalarini pasay-
tirmasliklari mumkin, bunda muomala tezligi uncha o‘zgarmasligi yoki 
umuman o‘zgarmasligi mumkin. Bu hol ko‘zlangan maqsadlarni barqaror 
qilib qo‘yadi. 
– foiz stavkalari bir tekis pasayib borganida depozit va kredit foiz 
stavkalarining pul mablag‘lari muomalasi tezligiga ta’siri bir-birini yo‘qqa 
Markaziy bank o‘zining hisob va kredit operatsiyalari bo‘yicha stavkalarni 
mustaqil ravishda belgilaydi. (27-modda) 


45
chiqarib yuboradi va pul-kredit siyosatining amal qilishi tobora samarador 
bo‘ladi. 
Pul taklif qilish maqsadlari bilan foiz stavkalari o‘rtasidagi 
nomuvofiqlik 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin