14. Ushbu kitobning ilovasida keltirilgan «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari to‘g‘risidagi qisqacha ma’lumotlar», xususan, banklarning balans hisobotlariga asoslanib ularni (30 ta) quyidagi belgilar bo‘yicha uch guruhga (teng interval asosida) bo‘ling: a) kapitalning yetarlilik darajasi; b) bank likvidligi darajasi; c) daromadlilik darajasi; d) moliyaviy holat ko‘lami. Olingan natijalardan foydalanib banklar reytingini aniqlang. Ularni
egallagan o‘rinlari bo‘yicha ranjirlang.
10.4. Nazorat uchun savollar 1.
Bank reytingini aniqlash zaruriyati nimada?
2.
Bank reytingi qanday usullarda aniqlanadi?
3.
Banklarni baholash (reytingini aniqlash) ning qanday tizimlarini
bilasiz?
4.
«CAMEL» tizimi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
5.
«CAMEL» reyting tizimida eng yuqori baho necha ball
hisoblanadi?
6.
«S» – bank kapitalining yetarliligi qanday hisoblanadi?
7.
«A» – aktivlar sifati qanday baholanadi?
8.
«E» – bankning daromadlilik darajasi qanday aniqlanadi?
9.
«L» – bankning likvidlik darajasi qanday aniqlanadi?
10.
«M» – bankni boshqaruv sifati qanday aniqlanadi?
11.
«Axbor-reyting» agentligi to‘g‘risida nimalar deya olasiz?
12.
Banklarning umumlashtirilgan (agregatlangan) reytingi qay
tartibda aniqlanadi?
493
BANK ISHI FANIDAN MASALALAR TO‘ PLAMI23F1
I. Tijorat banklarining resurslari va aktivlari 1.1-topshiriq Tijorat banki balansi (ming so‘m) Tijorat banki
Filial
№
Balans-
dagi
hisob
raqam
Hisob raqamlar nomi
Yil
boshiga
Yil
oxiriga
1 yanvar
holatiga