143
martaga oshgan, B bankning foydasi atigi 37 foizga ko‘paygan. Ammo
bunga asoslanib A bank yaxshi natijalarga erishgan deb bo‘lmaydi.
Sababi u 2008-yilga foydaning keskin o‘sishi bozordagi chayqov opera-
tsiyalari tufayli olingan daromad (+250 mln.) evaziga ta’minlangan. A
bankda foizsiz daromadlarning foizsiz xarajatlardan oshmagan qismi
ko‘p bo‘lib, marjaning 6-11 foizgacha qismini «hamlab» tashlagan. B
bankida bu foiz atigi 1-4 foizni tashkil qiladi. 2008-yilda esa B bankda
foizsiz daromadlar summasi foizsiz xarajatlarga nisbatan 5 mln. so‘mga
ko‘p bo‘lib «bremya» tugatilgan. Demak, B bankda ahvol nisbatan
yaxshi.
[93]
. Absolut (mutlaq) sonlar tijorat banklari foydasining foydalilik
darajasini ta’riflay olmaydi. Buning uchun bir qator moliyaviy
koeffitsiyentlarni hisoblash zarur (19-jadval).
Dostları ilə paylaş: