34
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ishoralarni o‘zlashtiradi va aqliy harakat shakllanishining navbatdagi (mo‘ljal olish,
moddiylashtirish, belgilash va aqliy mahorat kabi) bosqichlariga o‘tadi.
Belgilash bosqichi ta’lim oluvchi (yoki o‘rganuvchi)ning o‘zi o‘zlashtirgan narsalarni
asoslab berish (o‘zlashtirilgan narsa nima, qachon, qanday, qaerda, nima uchun
va shu kabi) qobiliyatiga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Belgilash qobiliyatining
mustaqil o‘rganishda, o‘z-o‘zining nutqiy salohiyatini yuzaga chiqarishda, xorijiy tilning
ahamiyatini idrok etishda dolzarb va muhimligi til o‘rganish amaliyotida o‘z isbotini
topgan.
Xorijiy til o‘qituvchisi o‘z kasbiy faoliyatining ahamiyatini ongli ravishda idrok etishi
uning bir qator kasbiy funksiyalarni muvaffaqiyatli bajarishini taqozo etadi. Bu funksiyalar
qatoriga pedagogning o‘rgatuvchilik, tarbiyachilik, tashkilotchilik va tadqiqotchilik kabi
funksiyalari kiradi. Mazkur funksiyalarni mufassallashtirish, umumlashtirish va yuksak
darajada ijro etish kabi harakatlarning ahamiyati hamda kasbiy faoliyatdagi ustuvorlik
darajalari turlicha belgilanadi. Har bir funksiyani o‘z vaqtida mukammal bajara olgan
xorijiy til o‘qituvchisini nazariy jihatdan kompetentli deyish mumkin. Bil’aks, o‘z kasbiy
harakatlarining aniqligi va to‘g‘riligini asoslab berishga qodir bo‘lmagan o‘qituvchi,
bizning xulosaga ko‘ra, mehnatning diskriptiv kompetensiyasiga ega emas, kasbiy
munozaralarda faol emas, o‘z-o‘zini rivojlantirish va mustaqil malaka oshirishga ehtiyoj
sezmaydi, deya hisoblanadi.
Pedagogik vaziyatlarda kelib chiqqan masalalarni hal etishning maqbul usulini
topa olishlik:
– muammoni tavsif eta olish;
– mavjud muammolarni bartaraf qilish usullarini nutqiy bayon eta olish;
– muammolarni bartaraf etishga oid harakatlarning tavsifini keltira bilish;
– mazkur muammo yoki ziddiyat kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha profilaktik
rejani nutqiy ifodalay olish kabi qator qobiliyatlarni o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, aytish mumkinki, xorijiy til o‘qituvchisining
kompetensiyalariga nisbatan qo‘llaniladigan “muz tog‘i”, ya’ni aysberg o‘xshatmasida
kasbiy kompetensiya nafaqat “suv usti” qismiga qiyoslanadi, balki “muz tog‘i”ning “suv
osti” qismlariga o‘xshatiladigan kasbiy tafakkur va o‘quv-tarbiya ishlarini boshqara
bilish qobiliyatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: