Samarqand davlat arxitektura-qurilish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/117
tarix18.08.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#139752
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117
Ta\'limda axborot texnologiyalari

Nazorat savollari
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) nima maqsadlarda qo’llaniladi?
2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) qaysi sohalarda keng qo’llaniladi?
3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimining asosiy tarkibiy komponentlari komponentalari.
4. Avtomatlashtirilgan tizimlar nima?
5. Avtomatik tizimlar nima?
6. Ilmiy tadqiqotlarning AAT nima vazifani bajaradi?
7. O’qituvchi AAT lari ta’lim tizimida qanday vazifalarni bajaradi?


9-mavzu. Ta'limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalari. Axborot -kommunikatsiya
texnologiyalari haqida tushuncha(2 soat).
Mavzu rejasi:
9.1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha.
9.2. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash
imkoniyatlari.
Tayanch so’z va iboralar:
axborot, kommunikatsiya, texnologiya, axborot -
kommunikatsiya texnologiyalari, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, AKTlarni
ta'lim jarayonida qo'llash.
9.1. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha
O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari industriyasini
rivojlantirishning
tamoyillari
quyidagilardir:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, davlat
muassasalari va xo’jalik subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot
xizmatlarini yo’lga qo’yish;
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim va ijtimoiy sohalarida avtomatlashtirilgan axborot
tizimlarini keng ko’lamda joriy qilishni ta’minlash asosida elektron hukumat uchun zamin
yaratish;
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlariga ulanganligi
asosida undagi milliy axborot resurslarining ulushini yuksaltirib borish.
Yuqoridagi uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal etilishi
talab qilinmoqda:
·
axborotlarga tovar sifatida qarashni ta’minlovchi va rag’batlantiruvchi huquqiy va iqtisodiy
me’yorlarni joriy etish;
·
axborotlarni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya qilish;
·
ushbu industriyani shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar ishlab
chiqarishni o’zlashtirish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlar eksportini yo’lga
qo’yish, axborot xizmatlari bozorini shakllantirish;
·
ma’lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog’i, davlat xizmati va tuzilmalari
idoraviy tarmog’i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal axborot
tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar, avtomatlashtirilgan ish o’rinlarini yaratish va
rivojlantirish;
·
axborot tizimlarining eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va amaliy
tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin