Obodonlashtirish va transport


Tepa  qismining zichligi



Yüklə 4,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/171
tarix19.08.2023
ölçüsü4,24 Mb.
#139918
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Tepa 
qismining zichligi.
 
Ko'kalamzoriashtirish 
uchun 
daraxtsim onlar tepa qismi sifatining muhim jihati uning massasi 
hisoblanadi. 
Tepa qismi zich yoki yengil, orasi ochiq (nozik) bo'lishi
mumkin. Tepa qismi zich bo'lgan
 
navlar m e’moriy inshootlar va 
haykallar uchun yaxshi m anzara yaratadi. Ular chang va shamoldan 
himoya qiladi, yaxshi soya beradi. Tepa qismining zichligi, 
shoxlanishi sistemasi va barglar massasi bilan yaratiladi. Massiv 
(katta) tepa qismlari zich (ochiq joylar kamida 25 %ni tashkil 
etadi): 
qayrag'och, 
kashtan, 
o 'tkir bargli 
zarang; 
o'rtacha 
zichlikdagi (ochiq joylardan 25 dan 50 %gacha): aylant, am ur 
barxati, qayin, oq tol, vavilon toli, kumushsimon zarang, Livan 
kedri, gretsiya yong'og'i; yengil ochiq (ochiq joylar 50 % va undan 
ortiq bo'ladi): oq akatsiya, ambitsiya, amorfa, giedichiya, drak, 
botqoq sarvi, metaksevoya, ingichga bargli lox, yapon safarasi, 
oddiy chetan, oddiy shumtol.
Barglaming dekorativ sifati. Daraxtlar va butalarning umumiy
dekorativ manzarasiga shoxlardagi barglaming shakli (ornamenti),
kattaligi, rangi va barglaming shoxda joylashishi ta ’sir ko ‘rsatadi.
Tepa qismining shakli bilan bir qatorda barglaming kattaligi, 
ornam enti va rangi yakka piskalar uchun va oldingi plandagi 
guruhlar uchun yog'och o'simliklarini tanlashda asosiy ahamiyatga 
ega. Barglaming rangi tepa qismining faqat massasinigina, uning 
o'lcham lari zichligini kuchaytiribgina qolmasdan, balki park 
kompozitsiyalarida perspektivaning vaznini yasashda kontrast rang 
yechimlarini topishda, m a’lum bir koloritdagi (qizil, tillarang, 
moviy) o'simliklar uchastkalarini yaratishda muhim dekorativ
190


vosita bo'ladi. Barglar rangining mavsumga qarab o'zgarib turishi 
bog'-park 
o'simliklarida 
mavsumiy 
dekorativ 
samarasini 
kuchaytirish uchun muhim vosita hisoblanadi.
Baiglar bir-biridan farqlanadi, masalan, oddiy barglar (tol, 
terak, qayin, em an va b.) va murakkab barglar (oq akatsiya, 
kashtan, albitsiya, Yaponiya safarasi va b.), ular morfologiyasi va 
kattaligi bo'yicha xilma-xil bo'ladi.
Yorug'likni yaxshiroq tutib qolish uchun daraxtsimonlarning 
barglari bir-biriga kamroq soya beradigan qilib joylashadi. Pastki 
barglar novda uzunligini o'zgartirish yo'li bilan yuqoridagi barglar 
hosil qilgan ochiq joylar egallaydi, o'ziga xos barglar mozaikasi 
paydo bo'ladi.
Dekorativ jihatdan baiglar mozaikasi ko'pgina daraxtsimonlar 
navida samarali va m e’moriy kompozitsion yechimlarda hisobga 
olinadi. Barglaming mozaik joylashuvi daraxtlar tepa qismining 
zichligini oshiradi va uning muhim ornam ental detali bo'ladi. Barg 
mozaikasining dekorativligi, ayniqsa, bino devorlarini va bog' 
inshootlarini (pavilonlar, pergolalar, trelyajlar, gratlar, tirgak 
devorlar) qoplab turuvchi chirmashuvchi o'simliklarda yaqqol 
ifodalanadi. Chiroyli mozaikali joylashishi aytib o'tilgan maqsadlar 
uchun nav tanlashda hisobga olinishi kerak.
Barcha daraxtsimonlar navlarida (bargli, bargi tushuvchi va 
doimo ko'm -ko'k, ignabargli) guldor (rang barang) shakllar eng 
ko'p tarqalgan. Bir xil tusli sariqbargli va oltinbargli shakllar asosan 
bargli, bargi to'kiladigan navlar uchun va qisman ignabargli navdagi 
daraxtlar uchun xosdir. Baiglarining rangi qizil va to'q sariq 
bo'lgan shakllar faqat bargli, bargi to'kiladigan turlarida (emanning 
qizil bargli shakli) keng tarqalgan va bargli doimo ko'm -ko'k 
turlarida juda kam uchraydi. Ayrim igna barglilarda qishki 
paytlarda ignabarglari jigarrang-qizil va bronza rangiga kiradi. 
Ammo bu himoya sovuqqa qarshi ahamiyatga ega, lekin shakl 
tashkil etish ahamiyatiga ega bo'lmagan, mavsumiy rang o'zgarishi 
xolos. Barglaming um umiy yozgi bo'linishining quyidagi turlari 
farq qilinadi:
a) och zangori, zangori (albitsiya, bunduk, katalpa, sharq 
chinori, Pensilvaniya shumtoli va b.), to 'q zangori (shaftoli, 
qayrag'och, nok, kashtan, terak, do'lana va b.), och zangori 
(amorfa, budaleya va b.);
b) kumushsimon-oq (lox, jo'ka, oq terak, chakanda va b.), 
ko‘k-zangori (kulrang yong'oq, tol va b.);
191


d) moviy -zangori (tikanli kumushsimon ko‘k archa, tog' qora 
archasi, lola daraxti va b.).
D araxtlar va butalarning har bir turi uchun barglari rangi 
o ‘ziga xos bo'ladi, bu rang yilning turli vaqtiga qarab o'zgarib 
turadi. Bundan tashqari, yog'och navlari bargining yoshiga qarab 
ham o'zgaradi, yosh baiglar och zangori, keyinroq zangori, to'q 
zangori rangli bo'lib qoladi. Bahorda archada yangi yaltiroq sariq- 
zangori ignabarg paydo bo'ladi. Barglaming bahoigi och va yaltiroq 
bo'lishidan tashqari, yaltiroq kuzgi jilolanishi ham kuzatiladi.
Kuzgi jilolanish quyidagi ranglarga boy bo'ladi: och-sariq, 
sariq, qizg'ish oltinrang, to 'q sariq, pushti, qizil, jigarrang, to 'q - 
qizil va to 'q binafsha. Barglaming yorqin bo'yalishi tufayli bog' va 
parklardagi ham da tabiiy o'rm on massivlaridagi ayrim daraxtlar 
kuzda o'tkazilgan daraxtlarning umumiy massasi ichidan ajralib 
turadi. U lardan ko'pchiligining kuzgi kiyimining go'zalligi bog' va 
parklami 
loyihalashda 
va 
qurilishda 
jiddiy 
o'rganish 
va 
foydalanishga qodirdir. Bargi to'kiladigan 
navlardan chetan, 
qayinda, sumakda, gingkgoda, sovun daraxtida, shaftolida va 
boshqalarda kuzgi ko'rinishi nihoyatda rang-barangdir.
Daraxt navlari barglarining kuzgi bo'yalishi ochiqligi va uning 
shunday saqlanib- turishi davomiyligi ob-havoga bog'liq. Quruq kuz 
havosida barglaming rangi ochiq bo'lmaydi va daraxtlarda uzoq 
vaqt turmaydi. Barglaming to'kilishini sovuq va yonig'irli kuz 
ancha tezlashtiradi. 
Uzoq davom etadigan iliq va o'rtacha 
namlikdagi kuz havosi bog' va parklarning kuzgi qiyofasining ochiq 
bo'lishi va saqlanishi uchun eng qulaydir. Yosh daraxtlarda barglar 
ochiq rangda bo'ladi va shakllarda qari daraxtlarga nisbatan ancha 
uzoq vaqt turadi.
192


Daraxtning tanasi m uhim dekorativ element hisoblanadi. 
Dekorativlik uning shoxlardan tozalanganlik darajasi, shakllanish 
xarakteri, sirtining rangi va fakturasi bilan belgilanadi. Tanadagi 
shoxlar qancha yuqori joylashgan bo'lsa, u shunchalik tozalangan 
hisoblanadi. Chinor, lola daraxti, qayin, tog‘terak, shumtol kabi 
daraxtlarning turlarida tanasi ancha yaxshi tozalangan bo'ladi. 
Tanasi yomon tozalangan daraxtlardan (do'lana, maklura) yashil 
to'siqlar yaratishda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Archa, 
tuya, qora archa kabi turdagi daraxtlarning erkin turishida ularning 
tanalari deyarli tozalanmaydi va shoxlanishi darhol yer ustidan 
boshlanadi.
Ko'kalamzorlashtirishda u yoki bu turdagi navdan foydalanish 
imkoniyatlarini baholab, unga xos bo'lgan salbiy yoki maqsadga 
muvofiq bo'lmagan xossalami ham e ’tiborga olish kerak. Ularga 
aw alo, hududning mevalari bilan ifloslanishi (terak, tut, chinor), 
tikanlari yoki barglaridan zararlanishni (glidechiya, opunsiya, 
qandog'och), shuningdek, mevalar va barglaming zaharli ekanini 
(qozoq qora archasi) kiritish kerak. Bu turdagi daraxtlami bolalar 
bog'chasida, maktablarda, bolalar parklarida ekmaslik kerak.

Yüklə 4,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin