suv havzalari, qiiB'oqlari bo'ylab joylashgan gidjropark hisoblanadi, u yerda asosiy e’tibor suvda sport va dam olish tadbirlarini o'tkazishga qaratiladi. 4. Botanika bog'i yoki park — bu o'simliklar m a’lum bir sxema asosida joylashtirilgan yashil massiv. Bu joy botanika, dekorativ bog'dorchilik, o'simlikshunoslik, o'rmonchilik sohasidagi madaniy-oqartuv, ommaviy va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun mo'ljallangan. 5. Zoologiya bog'i yoki parki — bu hududida hayvonlar bo'lgan maxsus inshootlar joylashtirilgan yashil massiv. U zoologiya sohasida madaniy-oqartuv va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun mo'ljallangan. 6. Shahar (qishloq), tuman miqyosidagi park yoki bog' - sayr qilish, sokin dam olish, shuningdek, o'yin-kulguning ayrim turlari va madaniy-oqartuv ishlari uchun mo'ljallangan yashil massiv. 7. Xiyobon — maydonlarda, ko'chalarda, ayrim jamoat binolari oldida, daha ichidagi uylar orasida joylashgan ko'kalamzor-
lashtirilgan joy bo'lib, u qisqa muddatli dam olish, m e’nioriy- dekorativ tnaqsadlar uchun mo'ljallangan bo'lib, transport harakatini tartibga soluvchisi bo'lishi ham mumkin. 8. Bulvar — ko'chaning qatnov qismida yoki suv bo'yida joylashgan yashil hudud bo'lib, harakat va qisqa dam olish, himoya qilish uchun mo'ljallangan. 9. Ko'chalardagi ekinlar — ko'cha bo'yiga o'tqazilgan daraxtlar va butalar, binolar oldidagi daraxtlar, shuningdek, uylarning fasadi va balkonlarini bezovchi o'simliklar. K o'chada va bino ichkarisida sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilash uchun, shuningdek, qisqa