Ikkinchi jahon urushi davrida she’riyat bolalar
adabiyotining etakchi janri sifatida bolalar ruhiy
dunyosini chuqur ifodalay oldi. Zafar Diyor bu
yillarda “Bizning qurolimiz” (1941), “Bizning
oila” (1942), “Sovg’a” (1944) singari she’riy
to’plamlarni yaratdi. Bu to’plamlardagi
kelajakka ishonch ruhi bilan sug’orilgan qator
she’rlarda tasvirdagi lirizm kuchayib, bola
qalbining katta voqealarga munosabatini aniq
aks ettira olish darajasiga ko’tarildi. Bu davr
shoir ijodining yulduzli, eng sermahsul va
kamolotga erishgan davri bo’ldi
.
Zafar Diyor qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da, uning
yosh avlod shaxsiyatini shakllantirishga xizmat
qiladigan aksariyat yozuvlari bugungi kunda
ham o’zbek bolalar adabiyotining eng go’zal
sahifalarini tashkil qiladi.
Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy
qadriyatlarimiz tiklanayotgan, yosh avlodni
ota-bobolarimizning eng yaxshi fazilatlari
ruhida tarbiyalash imkoniyatlariga keng yo’l
ochilgan bugungi kunda, o’zining samimiy va
beg’ubor she’ru dostonlari bilan xalqimiz
qalbidan joy olgan shoir – Zafar Diyorning ijod
yo’liga yana bir karra nazar tashlash “yaxshi
qo’shnidan so’ragandan ko’ra, yomon
uyimizdan axtarish”ning o’ziga xos mohiyat
kasb etishini tasdiqlaydi.
Xulosa
Zafar Diyor bolalar adabiyotining o’ziga xos
sahifalarini yaratgan ijodkor edi. U bor-yo’g’i
o’ttiz to’rt yil umr ko’rgan, yigirma yilga etar-
etmas ijod qilgan bo’lsa-da, shu qisqa davr
Dostları ilə paylaş: |