26
Iqtisodiyot nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Iqtisodiy fan tarixi bilan qisqacha tanishgandan so’ng, uning predmetiga ta’rif berish
mumkin. Lekin quyidagilarga alohida e’tibor berish kerak.
Birinchidan, iqtisodiyot jamiyat hayotini zarur bo’lgan moddiy ne’matlar va
xizmatlar bilan ta’minlovchi xo’jalik tarmoqlarining yig’indisidir.
Ikkinchidan,
iqtisodiyotning
vujudga
kelishi
va
rivojlantirilishi
insonlarning ehtiyojlari bilan bog’liqdir. Biz bilamizki, extiyojlarning
qondirilishi yanada
yuqoriroq ehtiyojlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Uchinchidan, jamiyat hayotida asosiy soha iqtisodiy sohadir,
chunki uning
rivojlanish darajasi inson hayotining boshqa sohalarining mavjud bo’lishi va
rivojlanishi bilan bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyot nazariyasining kurtaklari qadimgi davrlardayoq shakllangan. Qadimgi
davrlardayoq buyuk faylasuf olimlar boylik manbaini tahlil qilishga harakat
qilganlar. Aristotel boylik manbaini xo’jalik yuritish san’ati deb bilgan.
Merkantilistlar esa boylik manbai savdo deb tushunganlar. Fiziokratlar esa boylik
manbaini tabiat bilan bog’laganlar. Кapitalizm rivojlanishi
bilan iqtisodiyot
nazariyasi fani fan sifatida shakllandi.
Кlassik iqtisod maktabi vakillari esa boylik manbaini
ishlab chiqarish, taqsimlash,
almashish va iste’molda deb bilganlar.
Ayrim iqtisodchilar iqtisodiyot nazariyasi jamiyat rivojlanishining har xil
bosqichlarida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
iste’mol qilish jarayonlaridan tarkib topadigan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni
o’rganadi, deb ta’kidlaydilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi
davrida MDH davlatlari
iqtisodchi olimlarining bu fan predmetiga bergan ta’riflari ham diqqatga sazovordir.
27
Masalan, «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan predmeti rasional xo’jalik
yuritish tizimining tarkibiy evolyusiyasini, haqiqiy boylikni va jamyatning ayrim
a’zolari va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va qonuniyatlarini
o’rganadi»
3
deb ko’rsatilgan, yoki bu fan «predmeti cheklangan resurslar dunyosida
ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni
o’rganadi»
4
deyilgan.
«Ekonomiks»
darsligida, birinchidan, cheklangan resurslar dunyosida moddiy
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida
.
28
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak har tomonlama kamol topgan yuksak ma'naviyatli
shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim
rol o‘ynovchi fan iqtisodiyot nazariyasi fanining ushbu dasturi jamiyatning iqtisodiy
negizi, uning tarkibiy qismlari, umumiqtisodiy
qonunlar va kategoriyalar, iqtisodiy
hodisa va jarayonlarning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning amal qilish
qonuniyatlari, bozor iqtisodiyotining
tarkib topish xususiyatlari
, o‘tish
davridagi
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va
modernizatsiyalash jarayonlari, iqtisodiy o‘sish va unga ta'sir etuvchi omillar,
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalari,
iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar,
jahon iqtisodiyoti
rivojlanishining asosiy tendensiyalari kabi masalalarni qamrab olgan.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarni jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy
qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda,
mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish
jarayonlarining mohiyatini tushunishda zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
Shuningdek, bu fan jamiyatning har bir a'zosini g‘oyaviy jihatdan yo‘naltirish,
ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ahamiyatli
ta'sir ko‘rsatadi.
29
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: