AS
1)
kassalar savdo maydonidan chiqadigan joyga o‘rnatiladi;
2)
kassalar yonidagi yo‘laklar haridorlarning bir tomonlama harakat
qilishini ta’minlaydi;
3)
kassalar odatda kontrolyor - kassirlarning savdo maydoniga qarab
o‘tirishini hamda savdo maydonini yaxshi kuzatishni ta’minlaydigan darajada
joylashtiriladi;
4)
haridorlar oqimi kontrolyor - kassirning chap tomonidan o‘tadi. Bunda
kassir o‘ng qo‘li bilan kasa apparatida chek bosadi, chap qo‘li bilan esa tanlab
olingan tovarlarni tekshiradi va pul qabul qilib oladi.
5)
hisob-kitob bo‘g‘ini maydoni taxminan savdo maydonining 8-12 fozini
egallaydi.
Chakana savdo jarayoni - aholining tovar harid qilishini ta’minlaydigan
usullar yig‘indisidan iborat. Tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya
jarayoni hisoblanadi. hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi
usullari qo‘llanilmoqda:
-
tovarni peshtaxta orqali sotish;
-
tovarni haridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish;
-
tovarni ochiq, yoyib qo‘yib sotish;
-
tovar namunalarini ko‘rsatib sotish;
-
tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.
Dostları ilə paylaş: