Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 478
w www.oriens.uz November 2022 Yuqorida aytib o`tganimdek, fonografik yozuvning bir nechta ko`rinishlari bor.
Birinchisi, sillabik yoki bo`g`in yozuvi bo`lsa, ikkinchisi, so`z shakllarini fonetik
birliklar – tovushlar orqali ifodalash hisoblanadi. Dastlabki alifbeli yozuv Nil daryosi
vodiysiga bostirib kelgan giksoslar orqali yaratilgan. Ular Misr ieroglifik
yozuvlaridan yigirmattasini olib, shular orqali o`z tilining unli va undosh tovushlarini
ifodalaydigan alifbeni yaratganlar. Alifbe so`zi giksoscha alif – ho`kiz, bedemakdir.
5
Shuningdek, dunyoda alifbolarning turlari son jihatdan juda ham ko`p.
Ularning eng kattasi Kambodja alifbosi bo`lib, unda 74 ta harf bor. Eng kichik
alifbo esa Solomon orolidagi alifbosi hisoblanib, unda jami 11 ta harf bor ekan.
Garchi fonografik yozuv eng keng tarqalgan yozuvlar sirasiga kirishiga
qaramasdan, yozuvning bundan tashqari yana ko`plab turlari ham mavjud. Bu
yozuvlar bir biri bilan uzviy bog`liq va jamiyatda hammasining o`ziga xos o`rni
bor. Misol uchun, piktografik yozuv bugungi kunda ko`proq reklama uchun, to`g`ri
yo`lni ko`rsatuvchi belgi-suratlar uchun, til bilmaydigan chet elliklarga osonlik
yaratish uchun, ya`ni, mehmonxona va boshqa joylani ko`rsatuvchi belgilar uchun
foydalaniladi.
Ideogrammalar esa ko`proq ko`cha harakatlarida, territoriyalarni belgilashda va
turli xil son va belgilarda ishlatilinadi. Piktogrammalarda idiogrammalar kabi yo`l
belgilari ishlatilinadi. Lekin ularning bir – biridan farqi shundaki, piktogrammalarda
ko`proq rasmlar va suratlar rol o`ynaydi. Ideogrammalarda esa asosan shakllar va
belgilar ma`lum bir ma`noni ifodalaydi. Shuningdek, ularning bir-biriga o`xshash
jihatlari ham bor. Ular qisqa va tushunarli bo`lganligi uchun hozirgi kunda ham
o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Yuqorida keltirilgan barcha yozuv turlarini
grafika bo`limi o`rganadi va bugungi kunda bu yozuv turlaridan tashqari yana
maxsus yozuv turlari ham bor. Bu yozuv turlariga misol qilib, stenografiya va
transkripsiyalarni olishimiz mumkin.
Stenografiya bu biroz murakkab yozuv turi hisoblanib, buni yozish uchun
maxsus tayyorgalik bo`lishi kerak bo`ladi. Uni harfli yozuv bilan solishtirish ham
mumkin. Chunki ular maxsus vaziyatlarda va og`zaki nutqni tezroq qog`ozga yozib
olish uchun foydalaniladi. Buning foydali tomoni shundaki, bu yozuv og`zaki nutqda
aytilayotgan gaplarni tez va oson yozib olish imkoniyatini beradi. Ushbu yozuv
turidan ko`proq ma`ruzalarda va majlislarda keng foydalanishadi.
Transkripsiya esa huddi stenografiya kabi maxsus yozuv turi hisoblanadi. Ushbu
yozuvdan biz ko`proq so`zlarning talaffuzini yozishda foydalanamiz. Biz bilamizki
ingliz tilidagi so`zlar o`zbek tilidagi so`zlardan ko`proq o`qilishi bilan farq qiladi .
5
Prof. Kaimov S. A “Tilshunoslik nazariyasi”. Samarqand 2012. 55-bet