Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Shamsiddin Hamzayev Mustafo 'g'li (ID: 17777) Tashkilot: Lavozimi



Yüklə 2,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/79
tarix26.08.2023
ölçüsü2,13 Mb.
#140674
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
Diss antiplag sadbarg

9
2


45
tajribasiga, zamonaviy talablarga hamda amalga oshiriladigan motivlashtirish va
kommunikatsiya jarayonlariga mos kelishi zarur (19,70).
Kasbiy mahoratni rivojlantirishning asosiy mexanizmi o’zini-o’zi anglash,
o’z faoliyatini muvofiqlashtirish, o’zini-o’zi boshqarish va tartibga solish
funktsiyalariga mos keluvchi muvofiqlashtirish ko’nikmalarining majmuasi:
maqsadni oldindan aniqlash, modellashtirish, mavjud holatni aniqlash, harakatlarni
dasturlashtirish, mavjud vaqtinchalik o’zgarishlarga moslashtirish va qayta tashkil
etish (29,111; 118; 328).
Pedagoglarda kasbiy moslashish, o’zini-o’zi boshqarish, akmeologik usul
faoliyatlariga moslashuvchanlik turli xil: intuitiv, sust, vaziyatga ko’ra, ijodiy-faol
darajalarda bo’ladi (34,295).
Vaziyatga ko’ra muvofiqlashtirish jarayonida rahbarlik samaradorligi
rahbarning vaziyatni nazorat qilish darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Vaziyatning
holati quyidagi omillarga bog’liq:
1) rahbarning xodimlar bilan ijobiy munosabatlari darajasi;
2) rahbarning o’z vakolatidan foydalanishi (xodimlar faoliyatini nazoratga
olish imkoniyatlari va ularning faolligini rag’batlantirishning turli xil vositalaridan
foydalanishi);
3) jamoaviy bajariladigan vazifalarning tuzilishi (qo’yilgan masalani
aniqligi, uni hal qilish yo’llari va usullari hamda mazkur usullarning turli xil
muqobil variantlarini mavjudligi, ularning maqsadga muvofiqligini tekshirish
imkoniyatlari). Baholash me’yorlari majmuasi (maxsus ishlab chiqilgan baholash
me’yorlari), yuqorida keltirilgan omillar rahbarning vaziyatni nazorat qilish
darajasini hamda jamoa a’zolari faoliyatining vaziyatini boshqarishi to’g’risida
xulosa chiqarishga imkoniyat yaratadi (22,328).
Ko’pgina adabiyotlarda mualliflar fikriga ko’ra, maktabni boshqarishda
muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar sifatida rahbarning shaxsiy sifatlari
to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan (26; 136; 295).
8


46
Shaxsning individual xususiyatlari va shaxsiy sifatlari orqali mazkur inson
uchun xos bo’lgan xatti-harakatlar va aniq bir faoliyat darajasini ta’minlovchi
barqaror omillar tushuniladi (18,22; 28; 34; 50).
Tadqiqotchilar tomonidan turli xil, mazmun-mohiyatiga ko’ra o’zaro farq
qiluvchi, shaxsning xatti-harakatlariga, kasbiy faoliyatini amalga oshirishiga,
shuningdek, akmeologik usul funktsiyalarini bajarishiga o’z ta’sirini ko’rsatuvchi
psixologik xususiyatlar ajratib ko’rsatilgan: shaxsning tabiiy xususiyatlari –
fiziologik ehtiyojlar, psixologik jarayonlarni vujudga kelish dinamikasini
belgilovchi temperament xususiyatlari va h.k. (30, 50; 141; 168).
Bundan tashqari, akmeologik usul faoliyati mazkur faoliyat talablariga mos
keladigan qator shaxsiy sifatlar va xususiyatlar majmuasini talab etadi. Ixtiyoriy
akmeologik usul faoliyati o’ziga xos jihatlarga ega bo’lgan qator talablarga ega
bo’lib, mazkur talablarga mos ravishda akmeologik usul sub’ekti qoniqish hosil
qilishi zarur bo’ladi.
Akmeologik usul personali yo’nalishidagi tadqiqotlarning boshlanishi
xususiyatlar nazariyasi deb nomlanuvchi kollektsion yondashuv bilan bog’liq.
Mazkur nazariyaning asosiy g’oyasi rahbar akmeologik usulning samaradorligini
ta’minlovchi shaxsiy sifatlarga ega bo’lishi kerak.
Sifatlar majmui sifatidagi, o’ziga xos xususiyatlarga ega komponentlar
orqali faoliyat samaradorligi bilan bog’liq bo’lgan shaxs haqidagi tasavvur uning
dinamik xususiyatlarini tahlil qilishga imkon bermaydi. Shuningdek, bunda faqat
shaxsning rivojlanishi mumkin bo’lgan
imkoniyatlari mavjudligiga e’tibor
qaratilgan bo’lib, bu uning alohida xususiyatlari va sifatlarining oddiy o’zgarishi
sifatida vujudga keladi, degan tushuncha nazarda tutiladi.
Kollektsion yondashuvga mazmun jihatdan yaqin bo’lgan raqobatli
yondashuv rahbarlarda mavjud bo’lgan muhim (shaxsiy) sifatlarni yoki ularning
umumiy xususiyatlarining rivojlanish darajasini boshqa insonlardan farq qilishini
nazarda tutadi (38,329; 330).
8


47
Bunday sifatlarni o’rganish rahbarlar bilan insonlar (rahbar bo’lmagan)
guruhlarini, turli xil lavozimlardagi, muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz faoliyat
ko’rsatayotgan rahbarlarni o’zaro solishtirish yo’li bilan amalga oshiriladi (9,61;
63; 75; 118).
Aniqlangan farqlarni izohlashdagi mavjud qiyinchiliklar muhim ahamiyatga
ega bo’lgan omillar bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Masalan, solishtirish
maqsadida tuzilayotgan guruhlarni shakllantirish, ya’ni tanlash, insonning shaxsiy
o’zgarishlar dinamikasi, shuningdek, tashqi muhit yoki faoliyatning ta’sirida
vujudga kelayotgan o’zgarishlarga bog’liqligi va h.k.
Kollektsion va raqobatli yondashuvlar tashqi muhitni o’zgarmasligi va
rahbar faoliyatida uning shaxsini rivojlanish imkoniyatlari chegaralanganligini
nazarda tutadi. Bu holat mazkur yondashuvlar doirasida rahbar shaxsining ideal,
o’zgarmas (etalon) modellarini ishlab chiqish zaruriyatini belgilaydi hamda
insonlarning o’zgaruvchan va moslashuvchan xususiyatlarini e’tiborga olmaydi.
J.W.Huntning ta’kidlashicha, “ideal” rahbarning abstrakt modeli qoidaga
ko’ra, ilg’or shaxsiy sifatlarga va entsiklopedik bilimlarga ega bo’lishni nazarda
tutadi va mavjud (real) rahbarlarning o’zini-o’zi baholash darajasini pasaytiradi
(4,321).
Rahbar shaxsining shakllanishi akmeologik usul faoliyati yo’nalishidagi
munosabatlarni muvofiqlashtirish, xatti-harakatlarni va alohida ahamiyatga ega
bo’lgan akmeologik usul funktsiyalarini amalga oshirish faoliyatini tartibga solish
bilan bog’liq.
Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning vujudga kelishi munosabati
bilan rahbarlarning ijodiy fikrlashi va faoliyatini takomillashtirish bilan bog’liq
muammolar yo’nalishida tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda
(17,284; 317).
Bunda akmeologik usul yo’nalishidagi masalalarni hal etish algoritmini
yaratishning zarurligi va bu algoritm mazkur jarayonlarga mos kelishi,
muammolarni hal etishning tezlashtirishi hamda engilliklar yaratishi, shuningdek,

Yüklə 2,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin