206
Parallel ketma-ketligi
M
Ko‘p holatli bir
tomonlamaligi
O
Ko‘p holatli ko‘p
tomonlamaligi
P
*asosiy vaqt bilan yordamchi vaqt to‘la qoplanganda
**yig‘ma va ko‘p qirrali keskich shartli ravishda bitta keskich deb qabul
qilingan.
Izoh:
Shartli belgilar:
va
-keskich qirqish zonasiga kirishi uchun
zarur uzunlik, mm;
l-zagotovka uzunligi, mm; S, S'-keskichni surish kattaligi,
mm/min; l
1
- katta zinasi uzunligi, mm; k-ishlanayotgan teshiklar soni; k'=k/n
(sozlangandagi keskichlar soni); n-ishlanayotgan detallar soni;
10.2.
Texnologik anjom vositalarini tanlash
Ishlab chiqarishni texnologik anjomlari vositalariga (TAV)
quyidagilar
kiradi: texnologik jihozlar (shular qatorida tekshi
ruvchi
va sinovchi); texnologik
uskuna-asboblar (shular qatorida moslamalar,
qirqish asboblari, tekshiruvchi
asboblar); ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish vositalari
(shular qatorida transport va texnologik robotlar). TAV ni tanlashda ishlab
chiqarish turiga; ishlab chiqarish
mahsuloti turiga va dasturiga; mahsulot olishni
tanlangan texnologiyasiga; operatsiyalarni qurish mazmuniga va sxemasiga
qaraladi.
TAV ni tanlash uch etapda olib boriladi.
1. Detal tayyorlash marshrutini aniqlashda anjom turi o‘rnatiladi: texnologik
jihozlar (stanoklar) guruhi; moslamalar
sistemasi; moslamalar turi; keskich turlari;
2. Operatsiya mazmunini yaratishda jihozlarning konkret modeli topiladi;
moslamalar konstruksiyalarining, keskich turi o‘lchamlarining ham konkret turi
topiladi.
207
3.
Operatsiya qurish sxemasini, asboblarini sozlashni va qirqish rejimlarini
tanlab bo‘lgach, to‘plangan TAV ob’yektini aniq sharoitda ishlatish imkoniyati
tekshiriladi.
Anjomlarni tanlashda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Anjomning ish zonasini o‘lchamlari ishlanayotgan zagotovkalarning yoki
zagotovkalar guruhining o‘lchamlariga to‘g‘ri kelishi kerak.
2. Tanlangan stanok modeli talab qilinayotgan aniqlikni va ishlangan yuza
sifatini ta’minlashi lozim.
3. Stanokning quvvati, bikirligi va kinematik sxemasi yuqori mehnat unumli,
optimal ishlash rejimlarini ta’minlashi zarur.
4. Stanokning mehnat unumi mahsulot chiqarish dasturiga to‘g‘ri
kelishi
kerak.
Stanok moslamalarini tanlash zagotovkani o‘rnatish sxemasiga, operatsiya
bajarish mazmuniga, tanlangan qirqish rejimlariga bog‘liq.
Zagotovka yuzasini ishlash usuli keskich guruhini aniqlaydi (masalan,
freza). Ishlanayotgan material va zagotovka turiga qarab keskich guruhchasi
o‘rnatiladi. (Masalan, qattiq qotishmali plastinkali, silindrik freza).
Dostları ilə paylaş: