259
mkm bilan ishlanadi. Odatda sidirish uzunligi sidirgich diametrining 3 baravaridan
ortmaydi. Sidirish operatsiyasidan oldin parmalash, zenkerlash yoki ichki yo‘nish
operatsiyasi bajariladi.
Silindrik teshiklarni sidirish uchun dumaloq sidirgichlardan foydalaniladi.
Sidirishni profil, generator va (progressiv) zamonaviy kesish sxemalari mavjud.
Profil kesish sxemasida (12.9-rasm, a) sidirgichni qirqish tig‘larini
shakli
ishlanayotgan yuzaning shakliga to‘g‘ri keladi, yoki o‘xshash bo‘ladi. Sidirish
tishlari berilgan qiytimni ketma-ket qirqib boradi,
ishlanayotgan teshikni
o‘lchamlari va shakli sidirgich oxirgi tig‘lari bilan hosil qilinadi. Qirqish jarayoni
surish tezligi S ning kichik qiymatlarida olib boriladi.
Generator kesish sxemasida (
12.9-rasm, b) sidirgichni qirqish tig‘larini
shakli ishlanayotgan yuzaning shakliga to‘g‘ri kelmaydi. Masalan: kvadrat
shakldagi teshikni generator kesish sxemasi usulidan foydalanib ishlanganda
sidirgichni qirqish tig‘lari aylana yoyi ko‘rinishida bo‘ladi. Ishlanayotgan yuzaning
shakli va o‘lchamlari oxirgi qirqish tig‘i bilan hosil qilinadi.
Bu usulda
sidirgichning oxirgi tish profili kesish sxemasi kabi ishlangani uchun, ishlash
aniqligiga to‘liq erishiladi.
12.9-rasm
.
Sidirishni profil, genirator va progressiv sxemalari.
Zamonaviy (progressiv) kesish sxemasida (12.9-rasm, c) sidirgichni
qirquvchi tishlarining perimetri seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, shuning hisobiga har
bir tish sidirish konturi bo‘yicha
metal qiytimini qirqmasdan, sidirgichning tishi
profil kesish sxemasida ishlangandan 5-10 marta ko‘p qiytim qatlamini qirqib
260
oladi. Bu kesish sxemasidan quymada yoki
issiq bosim ostida olingan,
shtampovkadagi teshiklarni sidirishda foydalaniladi.
Teshiklar tortish kuchi 0,1 dan 1 MN gacha va o‘rtacha kesish tezligi (3÷5)
m/min bo‘lgan gorizontal va vertikal sidirish stanoklarida sidiriladi. Detallarni
sidirish uchun, ularni bikr va zoldirli tayanchlarga o‘rnatiladi.
Agar detalni yon tomoni teshik o‘qiga perpendikulyar qilib qirqilgan bo‘lsa,
detalni bikr tayanchga o‘rnatiladi. Agar detalni yon tomoni qirqilmagan bo‘lsa
(quyma va shtamplangan detallarni ishlanmagan yuzalari bilan) yoki qirqilgan
bo‘lsa ham, yon tomoni teshikni o‘qiga perpendikulyar bo‘lmasa
ham sidirish
uchun detalni zoldirli tayanchga o‘rnatiladi.
Agar teshikni uzunligi sidirish asbobining 2÷3 qadamidan kichik bo‘lsa,
bunday holatlarda bir nechta detallardagi teshiklar bir vaqtda sidiriladi. Parmalash,
zenkerlash va ichki yo‘nish bilan olingan teshiklarni diametri bo‘yicha sidirish
qiymati 0,15 mm dan 1,5 mm gacha chuqurlikda olinadi. Tish bo‘yicha surish
tezligini qiymati 0,02÷0,1 mm/tish ni tashkil qiladi.
Sidirishning profil kesish sxemasi bo‘yicha
olingan teshikning aniqligi
(11÷13) kvalitetni beradi.
Ishlangan yuzaning g‘adir-budirligi balandligini kamaytirish uchun, sidirish
asbobining turg‘unligini oshirish uchun sulfofrezol yoki emulsolning suvdagi 20%
li eritmasiga 4 % sovun qo‘shib ishlatiladi.
Sidirish operatsiyasini bajarish uchun ketgan asosiy vaqtni aniqlash ifodasi.
;
(12.8)
bu yerda,
L
– sidirish asbobini ishchi qismini uzunligi, mm;
V
p
– qirqish
tezligi, m/min;
V
o.x
– teskari harakat tezligi, m/min. Teskari harakat tezligi , ishchi
tezlikka qaraganda 2÷3 marta yuqori olinadi.
Sidirish asbobi bilan teshiklarda vintsimon shlitsalar
va mahsus ariqchalar
ochish uchun, sidirish asbobiga aylanma harakat beriladi.
Dostları ilə paylaş: