283
Tashqi rezbalarni turli asboblar:
keskichlar, taroqlar. plashkalar, rezba
kesuvchi kallaklar, diskli va guruhli frezalar, jilvir tosh, dumalovchi asboblar bilan
tayyorlash mumkin.
Ichki rezbalarni tayyorlash uchun keskichlar,
metchiklar, guruhli frezalar,
dumalovchi roliklardan foydalaniladi.
12.4.2. Rezbalarni keskichlar va taroqlar yordamida kesish
Uchburchakli (metrik) rezbalar, ko‘pincha, tokarlik vint qirqar dastgohlarida
rezba keskichlar yordamida hosil qilinadi.
Rezba kesishda shakldor (fasom) keskichlardan foydalaniladi, ular prizmatik
va dumaloq bo‘ladi. Keskichning shakli rezbaning parametrlari bilan bir xil
bo‘ladi, masalan, keskichning o‘tkirlik burchagi, shakli, rezba shakli va burchagiga
mos bo‘lishi kerak. Shakldor keskichlar rezba profili o‘lchamlarini
oddiy
keskichlarga nisbatan aniq saqlaydi. Seriyali ishlab chiqarish korxonalarida
(aviasozlik korxonalari asosan o‘rta va kichik seriyali korxonalar qatoriga kiradi),
ko‘p keskichli rezbali kallaklar qo‘llaniladi. Bunday kallaklarning kesuvchi qismi
uchun charxlanmaydigan ko‘p qirrali plastinkalar qo‘llaniladi, ya’ni qattiq
qotishmali plastinkalarning
bitta qirrasi yeyilsa, ikkinchi qirrasi yordamida
kesishni davom ettirish mumkin. Bu esa ishlab chiqarish unumdorligini keskin
oshiradi.
Rezbalarni bitta keskichda kesishda kesuvchi qirrasi tez o‘tmaslashishi
natijasida, shaklini yo‘qotib qo‘yadi, shuning uchun bitta keskich yordamida
xomaki o‘tishni amalga oshirish, so‘ng toza o‘tishni toza ishlov beradigan keskich
bilan amalga oshirish tavsiya etiladi.
Bir o‘tishda rezba kesish ham qo‘llaniladi. Bunda
qattiq qotishmali uchta
keskich bir paytda qo‘llaniladi. Birinchi qora keskich profil burchak - 70
0
, yarim
toza keskich - 65
0
va toza keskich - 59
0
bo‘ladi.
Uchburchakli rezbalarni kesishga nisbatan to‘g‘ri burchakli va trapetsiyali
rezbalarni kesish juda murakkabdir.
284
12.14-rasm (a) da uchta keskich yordamida trapetsiyali rezbani ketma-ket
kesish ko‘rsatilgan.
12.14-rasm (b) va (c) da to‘g‘ri burchakli rezbani
ikkita va uchta keskich
yordamida kesish ko‘rsatilgan.
Rezbalarni kesishda taroqlardan foydalanish, kesish vaqtini qisqartiradi va
rezba kesish unumdorligini oshiradi. Taroqlarda rezba kesilganda,
kesish ishi bir
necha tishlarga taqsimlanadi, shu maqsadda tishlarni kesish chuqurligi ortib
boradigan qilib charxlanadi. Juda katta partiyadagi,
bir xildagi detallarni
tayyorlashda taroqlarni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Taroqlarni dastlabki
rezba kesishda qo‘llash mumkin, chunki ular yuqori aniqlikni bera olmaydi.
Taroqlar yassi, tangensial, halqali, vintli, ariqachali va diskli bo‘ladi
Dostları ilə paylaş: