(
5
.
3
)
362
7)
Texnologik norma vaqtini aniqlaydi;
8)
Ishchining razryadini aniqlaydi.
Yig‘ish operatsiyalarini loyihalaganda ular buyumni tayyorlanish aniqligini
va sifatini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarishni unumdorligini oshirishning asosiy
yo‘nalishlarida – rostlash operatsiyalaridan to‘liq yoki qisman qutilish, yig‘ish
texnologik jarayonini aniq qurish unga mexanizatsiya va avtomatizatsiya kiritish.
Rostlash ishlaridan qutilish uchun qirqib ishlash aniqligini oshirib,
mehnat
sig‘imini kamaytirib, mexanizatsiyani qo‘llash va dastlabki o‘lchashlardan bir-
biriga to‘g‘ri keladiganlarini (selektorli yig‘ish) tanlab yig‘ish aniq birikma hosil
qilishiga olib keladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda, ko‘p asboblardan, ko‘p
moslamalardan bir
nechta buyumlarni yig‘ish uchun (ko‘p ish o‘rinlaridan) foydalanish. Asboblaridan
foydalanishga qarab, ketma-ket, parallel va parallel - ketma-ket yig‘ish
sxemalaridan foydalaniladi. Yuqoridagi yig‘ish usullaridan parallel, ko‘p o‘rinli va
ko‘p asbobli yig‘ish usullarining ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘ladi.
Yig‘ish jarayonida mexanizatsiya qilingan yig‘ish asboblardan, yig‘ish
avtomatlaridan, yarim avtomatlardan, avtomat tizimlardan foydalanilsa,
ishlab
chiqarish unumdorligi besh martagacha ortadi, 2-3 barobar ishlab chiqarish
maydonlari qisqaradi. Yig‘uv sexlarini avtomatlashtirish sharti: birikmalarni
unifikatsiyalash, normallashtirish tadbiri o‘tkazib amalga oshiriladi. Bu sexlarda
qo‘llaniladigan (tipovoy) o‘xshash texnologik jarayonlarni
loyihalash kerak
bo‘ladi.
Yig‘ish ishlarini tashkil qilishda ishlash usuli belgilanadi. Asosiy yig‘ish
ishlarini oqimli (potochniy) va statsionar shakllarda olib boriladi. Oqimli yig‘ish
usulida ishlab chiqarishni sikli kamayadi va operatsiyalar oralig‘idagi detallarni
yig‘ish ishlarini bajarish vaqti kamayadi, yig‘uvchilarni malaka darajasi ortadi,
xuddi shuningdek mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish imkoniyati ko‘payadi,
mehnat hajmi kamayadi va ishlab chiqarish unumdorligi ortadi.
Yig‘ilayotgan buyum bir ish o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga oqimli yig‘ishda
quyidagicha uzatiladi.
(
5
.
3
)
363
1)
Qo‘l bilan (slesarlik stoli, og‘ma latok – rolgang yoki aravachalar orqali);
2)
Mexanik transporter qurilmasi (operatsiyalar oralig‘ida buyumlarni
konveyer yordamida ko‘chirish);
3)
Davriy ko‘chiruvchi konveyer (plastinkaliy konveyer, qadamli konveyer,
aravachalar, aylanma relsli yo‘lak), bunday holatda yig‘ish konveyer to‘xtagan
paytda olib boriladi.
4)
Yig‘iladigan buyum bilan harakatlanadigan
uzluksiz konveyer;
konveyerni tezligi yig‘ish operatsiyalarini bajarish vaqtiga to‘g‘ri keladi.
Bir qatorda joylashgan stendlarda qo‘zg‘almas buyumni oqimli yig‘ish
quyidagicha olib boriladi. Har bir ishchi yoki brigada, o‘zining operatsiyasini
bajaradi, keyin u bir stenddan ikkinchi stendga ishchi ketma-ket o‘tib o‘z ishini
bajaradi. Oqimli yig‘ishni buyum qo‘zgalmas bo‘lganda seriyali ishlab chiqarishda
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib, og‘ir mashinalarni (ko‘chirish) yig‘ib uzatish
qiyin bo‘lgan hollarda, operativ vaqt katta bo‘lganda oqimli yig‘ish ijobiy bo‘ladi.
Ko‘chish yoki uzatish tezligi: V=10÷15 m/min qo‘l bilan ko‘chirilganda,
V=20 m/min rolgangda, V=30÷40 m/min mexanik
transporter qurilmasida,
V=15÷20 m/min davriy harakatlanuvchi yig‘ish konveyerida.
Davriy harakatlanuvchi konveyerning tezligi
(14.9)
Dostları ilə paylaş: