174
Suyuq metalni shtamplash
. Bosim ostida quyishning bir turi. Tub ma’nosi
suyuq metal qolipga va u yerda puanson yordamida bosim ostida zichlashtiriladi.
Qolip XVG yoki 3V8 po‘latidan yasaladi. Ingichka-yupqa devorli zagotovkalar
olinadi: Bosim ostida kristallanishi sababli gaz kirishi bo‘shliqlari bo‘lmaydi.
Materialdan foydalanish koeffitsiyenti 0,9-0,93 ga teng. Aniqlik kvaliteti - 12, yuza
g‘adir-budirligi 3,2-2,5 mkm ga teng.
8.15. Bosim bilan ishlash
Bolg‘alash - bu molot yoki pressda zagotovka olishni universal usuli.
Bolg‘alash bilan xilma-xil zagotovkalarni olish mumkin: massasi 10 g. dan 350 t.
gacha; qiytimi
dan 34±10 mm oralig‘ida (molotda), 10±3 mm dan 80±30
mm oralig‘ida (pressda).
Bolg‘alash jarayonida zagotovkaning fizik-mexanik xossalari o‘zgaradi,
ayniqsa, zarbiy qovushqoqligi. Shuning uchun javobgarligi yuqori bo‘lgan mashina
detallari bolg‘alab ishlanadi:
turbina disklari, rotorlar, paroxod dvigetellarini
tirsakli vallari va h.k. Bolg‘alashning asosiy operatsiyalari: cho‘zish, o‘tkazish,
egish, burish,
teshik ochish, qirqish, bo‘lakka ajratish. Aniqlik kvaliteti 8-9
(presslarda); 15-16 (bolg‘alash jihozida).
Dostları ilə paylaş: