2. Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo„llari;
3. Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo„llari.
Xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo„llari, bu Respublikalar markazlarini
o„zaro bog‟lovchi, shuningdek yirik sanoat markazlari va yirik madaniyat
markazlarini bog‟lovchi, qo„shni davlatlar bilan transport va sayohat uchun
bo„ladigan aloqalarni ta‟minlovchi yo„llardir.
Davlat ahamiyatidagi avtomobil yo„llari, bu yo„llar Respublika markazlarini
aholi 100 mingdan 500 minggacha bo„lgan shaharlar bilan bog‟laydi.
Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo„llari, viloyatlar markazlarini, tuman
markazlarini, aholisi 10 mingdan 50 minggacha bo„lgan qishloq va shaharlar bilan
umum davlat va respublika ahamiyatidagi yo„llar bilan, o„zaro tuman markazlarini,
aholi yashaydigan punktlar, qishloq kengashlari joylashgan erlarni, jamoa
xo„jaliklari idoralarini bog‟laydi.
Avtomobil yo„llari vazifasiga ko„ra quyidagilarga bo„linadi:
1. Shahar va poytaxtlarni bog‟lovchi magistrallar;
2. I va II sinf aeroportlariga shaxobcha yo„llari;
3. Yirik shaharlarni aylanib o„tuvchi xalqa magistarllari;
4. Yirik shaharlarga kirib kelish yo„llari;
5. Ommaviy dam olish joylariga va tarixiy obida hamda yodgorliklarga
shaxobcha yo„llari;
6. Shaharlar atrofidagi aylanma va xalqa yo„llari;
7. Shaharlarga kirish yo„llari;
8. III va IV sinf aeroportlariga shaxobcha yo„llari;
9. Magistral yo„llar;
10. Mahalliy yo„llar.