SO’NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 6-JILD 5-SON RESPUBLIKA ILMIY-USLUBIY JURNALI 13.05.2023 243
XX ASR BOSHLARI O'ZBEK SHE'RIYATIDA VAZNLAR O'ZGARISHI Do'salova Xusniya Rustam qizi Termiz davlat universiteti filologiya va tillarni o'qitish: adabiyotshunoslik (o'zbek adabiyoti) 2-bosqich magistranti KIRISH Ancha yillardan beri ijodkorlar barmoq vaznida ijod qilib kelishdi.Bugungi kunga
kelib esa shoirlarning katta qismi barmoqda ijod qilmoqda.Barmoq haqida qilingan
tadqiqotlarning eng oxirgilariga ham salkam qirq yil bo'ldi.Shundan buyon she'riyatimiz
bir joyda turmadi,chunonchi,zamon tezlashdi,avval bir yilda bo'ladigan yangiliklar
hozir bir oyda,bir haftada bo'lib ketmoqda.Shunday ekan bugun barmoqni yangilanish
tamoyillarini o'rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Qolaversa barmoq vaznining
rivojlaish tadriji hali ishlab chiqilganicha yo'q.Barmoq vazni bo'yicha qilingan ishlar
uning ayrim xususiyatini yoritadi,xolos. XX asr boshlaridan shu kunga qadar
izohlangan batafsil ishlar yo'q.Shunday ekan barmoq vazni haqida,unig
xususiyatlari,umumiy jihatlari to'g'risida olib boriladigan ishlar,qilinadigan vazifalar
talaygina.Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, barmoq vazni haqida qilinadigaan ishlar
ijodkorlarning oldida turgan muhim masala bo'lib qolmoqda. Kitob paydo bo'lgan
vaqtda undagi ma'lumotlar dastlab lirik shaklda yozilgan bo'lib, kitob inson
ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qilgan. Shu o'rinda yurtboshimizning quyidagi
so'zlarini keltirish joiz deb bildim." Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib
bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo'q " Lirik asarlar
bor ekan har bir narsada bo'lganidek, she'riyatda ham o'lchovlar mavjud. Jumladan
poeziyadagi o'lchovni vazn deya atashadi. O'zbek she'riyatida amalda qo'llangan ikkita
vazn bo'lib, ular - aruz hamda barmoqdir. Aruz arablar bosqinidan to XX asrning 20 -
yillarigacha turkiy she'riyatda yetakchilik qilgan. Hozirda esa bu o'rinda barmoq vazni
turibdi.