69
gazlamalar, sochiluvchan materiallar, shag‗al, qum, g‗ovak polimer
materiallar, keramika, metallokeramika va boshqalar).
18.1-rasm. Filtr to‗siq va cho‗kma
qatlami orqali
suyuqlikning o‗tish sxemasi
Filtrlash jarayoni bosimlar farqi yoki markazdan qochma kuchlar
maydoni ta‘sirida amalga oshiriladi.
Filtrlash intensivligi suspenziya sifati, ya‘ni dispers faza cho‗kmasi
qarshiligining miqdoriga, karton, shilimshiq va kolloid moddalar bor-
yo‗qligiga bog‗liqdir.
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida
filtr konstruksiyasi yoki
filtrlovchi sentrifuga, filtr to‗siq va filtrlash rejimlarini tanlash zarurati
tug‗iladi.
Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoatlarda cho‗kma hosil qilish yo‗li
bilan filtrlash keng tarqalgan.
Masalan, shakarpazlikda filtrlash qiyomlarni tozalash, cho‗kmani
saturatsion sharbatdan ajratish uchun qo‗llaniladi. Pivo pishirishda esa,
ushbu
jarayon suslodan
qattiq fazani
ajratish va tayyor mahsulotni
tindirish uchun ishlatiladi. Undan tashqari, vinopazlik likyor - aroq va
sharbatlar ishlab chiqarish sanoatlarida filtrlash jarayonidan keng
miqyosda foydalaniladi.
Filtrlar
.
Ishlash prinsipiga qarab, filtrlar quyidagilarga bo‗linadi:
o‗zgarmas bosimlar farqi yoki o‗zgarmas filtrlash tezligida ishlaydigan
filtrlar; filtr to‗siqda hosil qiladigan bosimlar farqiga qarab, vakuum yoki
ortiqcha bosim ostida ishlaydigan qurilmalar; jarayonni tashkil etishga
qarab, uzlukli yoki uzluksiz ishlaydigan qurilmalar.
Bosim ostida ishlaydigan qurilma bir necha turga, ya‘ni
gidrostatik
bosim, nasos yoki kompressor yordamida hosil qilingan, vakuum va
70
markazdan qochma kuch ta‘sirida hosil bo‗lgan bosimlarda ishlaydigan
filtrlarga bo‗linadi.
Texnologik maqsadlarga qarab, qurilmalar ikki turga bo‗linadi: a)
suyuqliklarni
tozalash filtrlari; b) gazlarni tozalash filtrlari.
Filtr to‗siqlarning turiga qarab, donasimon materiallar, turli
gazlamalar va qattiq materiallar (keramika, to‗r) yordamida turli jinsli
sistemalarni tozalaydigan
Dostları ilə paylaş: