72
18.3-rasm. Diskli filtr
1-shkiv; 2-salnikli qistirma; 3-qopqoqlar; 4-filtr qobiq; 5-g‗ilof;
6-g‗ovak o‗q; 7-filtrlovchi element; 8-podpyatnik.
Filtrat filtrlovchi diskdan o‗tib, g‗ovak o‗qdagi
teshiklar orqali ichi
bo‗sh o‗qqa tushadi va filtrdan suspenzatorga chiqariladi. Xuddi shu
yo‗sinda suspenziya filtrlanadi. Jarayon tugagandan so‗ng, cho‗kma
yuviladi va havo yordamida qisman quritiladi.
Lentali filtr. Bu filtr rom, uzatuvchi 1 va taranglovchi 6
barabanlardan, hamda ikki baraban
orasiga tortilgap teshikli, cheksiz
uzunlikdagi rezina lenta 4 dan tarkib topgan (18.4-rasm).
18.4-rasm. Lentali vakuum-filtr
1-uzatuvchi baraban; 2-purkagich; 3-vakuum-kamera; 4-rezina lenta;
5-nov; 6-taranglovchi baraban; 7-taranglovchi g‗ildiraklar; 8-filtrat
chiqarish kollektori; 9-yuvuvchi suvni chiqarish kollektori; 10-cho‗kma
yig‗gich; 11-filtr to‗qima.
Teshikli rezina lenta ostida vakuum kamera 3 bo‗lib,
u pastki qismi
bilan filtrat 8 va yuvuvchi suyuqlik chiqarish kollektorlari 9 bilan ulangan.
73
Hosil qilinayotgan vakuum hisobiga lenta vakuum - kameraning tepa
qismiga yopishib turadi.
Filtr to‗qima esa taranglovchi g‗ildirakchalar 7 yordamida cheksiz
rezina lentaga siqib quyiladi.
Filtr to‗qimaga nov 5 dan suspenziya uzatiladi. Filtrat vakuum ostida
kameralarga va kollektor orqali yig‗gichga yuboriladi. Hosil bo‗lgan
cho‗kmaga purkagich 2 dan yuvuvchi suv beriladi va kameralarga so‗rib
olinib, so‗ng kollektor 9 orqali yig‗gich 10 ga chiqariladi.
Uzatuvchi barabanda filtr to‗qima
rezina lentadan ajraydi va
yo‗naltiruvchi g‗ildirakchani aylanib o‗tadi. Shunda cho‗kma filtr
to‗qimadan sirpanib tushadi va cho‗kma yig‗gichga to‗kiladi. Filtr to‗qima
ikkita g‗ildirakcha 7 lar orasidan o‗tguncha yuviladi,
quritiladi va
tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: