Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat sanoati mashina va



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/57
tarix30.08.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#141030
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Nazorat savollari 
1. Filtrlash deb nimaga aytiladi? 
2. Filtrlar qanday turlarga bo‗linadi? 
3. Filtrning ish unumdorligi qaysi formula orqali aniqlanadi? 
19-AMALIY MASHG‘ULOT
SUYUQLIKLARNI UZATISH VA UNING QURILMALARI 
Ishdan maqsad:
Suyuqliklarni uzatish qurilmalarining tuzilishi, 
turlari, ishlash prinsipi va hisoblashni o‗rganish. 
Umumiy ma’lumotlar 
 
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida barcha tarmoqlarida suyuqliklar 
gorizontal va vertikal trubalar orqali uzatiladi. 
Suv, neft, benzin, yog‗-moylar, sut, vino, pivo va boshqa suyuqliklarni 
uzatish 
uchun 
mo‗ljallangan 
mashinalar 
nasoslar 
deyiladi. 
Elektrdvigatelning 
mexanik 
energiyasini 
suyuqlikning 
uzatilish 
energiyasiga aylantiruvchi va uning bosimini oshiruvchi va gidravlik 
mashinalar nasoslar deb ataladi. Trubalarning boshlang‗ich va oxirgi 
nuqtalaridagi 
bosimlar 
farqi 
trubalardans 
suyuqlikning 
oqishi 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. 
Nasoslar asosan ikki turga dinamik va hajmiy nasoslarga bo‗linadi. 
Dinamik nasoslarda suyuqlik tashqi kuch ta‘sirida harakatga keltiriladi. 
Nasos ichidagi suyuqlik nasosga kirish va chiqish trubalari bilan uzluksiz 
bog‗langan bo‗ladi. Suyuqlikka ta‘sir qiladigan kuchning turiga ko‗ra 
dinamik nasoslar parrakli va ishqalanish kuchi yordamida ishlaydigan 
nasoslarga bo‗linadi. Sanoatda suyuqliklarni siqilgan gaz (yoki havo) 
yordamida uzatish uchun gazliftlar va montejyular ham ishlatiladi. 
 


76 
Termometrlarga solinadigan suyuqliklarning qo‘llanish 
chegaralari 
Suyuqlik 
Qo‗llanish chegaralari, 
0
C da 
Pastki 
Yuqori 
Simob 
-35 
750 
Toluol 
-90 
200 
Etil spirti (etanol) 
-80 
70 
Kerosin 
-60 
200 
Petroley efir 
-120 
25 
Pentan 
-200 
20 
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko‗p tarqalgan simobli 
termometrlardir. 
Simob 
kengayish 
koeffitsiyentining 
kichikligi 
termometriya 
nuqtayi 
nazaridan 
uning 
kamchiligi 
hisoblanadi. 
Suyuqlikning issiqlikdan kengayishi hajmiy kengayish koeffitsiyenti bilan 
xarakterlanadi. Bu koeffitsiyent quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 
grad
t
t
v
v
v
t
t
t
t
/
1
,
)
(
1
2
0
1
2
2
,
1




(19.1) 
bu yerda, v
t1
va v
t2
— suyuqlikning t
1
va t

- haroratlardagi hajmi; v

— 
shu suyuqlikning 0°C dagi hajmi 
β koeffitsiyent qancha katta bo‗lsa, hajmiy kengayish haroratning 1
0

ga o‗zgarishiga shuncha katta bo‗ladi. Termometrlarda hajmiy kengayish 
harorat koeffitsiyenti yuqori bo‗lgan suyuqliklardan foydalanish maqsadga 
muvofiq. O‗lchashning maqsadi va chegarasiga qarab termometrlar 
kengayish koeffitsiyenti kichik bo‗lgan turli markali shishalardan 
tayyorlanadi. Texnikada qo‗llanadigan suyuqlikli shisha termometrlar 
quyidagi xillarga bo‗linadi: 
1.Ko‗rsatishlariga tuzatish kiritilmaydigan termometrlar (keng 
miqyosda qo‗llaniladigan termometrlar): a) simobli termometrlar (-35 dan 
+750°C gacha); b) organiq suyuqlikli termometrlar (-200 dan + 200°C 
gacha). 
2.Ko‗rsatishlariga tuzatish kiritiladigan termometrlar: a) aniqlik 
darajasi yuqori simobli termometrlar (-35 dan + 600°C gacha); b) aniq 


77 
o‗lchovlarga mo‗ljallangan simobli termometrlar (0 dan +500°C gacha); d) 
organiq suyuqlikli termometrlar (-80 dan +100°Cgacha). 
Tuzilishlarining 
xilma-xilligiga 
qaramay 
barcha 
suyuqlikli 
termometrlar ikki asosiy turning biriga: tayoqcha shaklidagi yoki shkalasi 
ichiga o‗rnatilgan termometrlar turiga tegishli bo‗ladi. Tayoqcha 
shaklidagi termometr qalin devorli, tashqi diametri 6...8 mm gacha qilib 
tayyorlangan kapillyar naychadan iborat. Naychaning pastki qismi 
suyuqlik saqlanadigan rezervuar hosil qiladi. Ularning shkalasi bevosita 
kapillyarning sirtida darajalanadi. 
Shkalasi ichiga o‗rnatilgan termometrlarda kapillyar naychasi 
ingichka devorli bo‗lib, rezervuari kengaytirilgan. Shkala darajalari yassi 
shisha plastinkada joylashgan va kapillyar bilan birgalikda rezervuarga 
yopishgan shisha qobiq ichiga olingan. Hozirgi vaqtda shkalasi ichiga 
o‗rnatilgan yoki burchakli (termometrning pastki qismi 90°, 120°, 135° li 
burchak hosil qiladi) texnik termometrlar tayyorlanadi. Yuqori darajali 
termometrlarda kapillyarlardagi suyuqlik ustidagi bo‗shliq inert gaz bilan 
to‗ldiriladi. Haroratning ma‘lum darajada saqlanishini avtomatik ravishda 
ta‘minlash va uning ma‘lum qiymatini signalizatsiya qilish uchun kontaktli 
termometrlar qo‗llaniladi. Bunday termometrlar ikki yoki undan ko‗proq 
kontaktli bo‗lib yuqoridagi kontakt o‗rni o‗zgaruvchan bo‗ladi. Haroratni 
suyuqlikli shisha termometr bilan o‗lchash aniqligidagi hatoliklar bir qator 
faktorlarga bogliq: tekshirilmagan shkala bo‗linmalari uchun kiritiladigan 
tuzatish qiymatining noaniqligi; nol nuqtasining o‗zgarishi; termometrning 
o‗lchanayotgan muhitga kirish chuqurligining har xilligi; tashqi bosimning 
o‗zgarishi; termometr inerstiyasining va rezervuar bilan atrof-muhit 
issiqligining muvozanati. 
Xatoliklarga sabab bo‗ladigan keltirilgan omillardan eng ahamiyatlisi 
nol nuqtasining o‗zgarishi hamda termometrning o‗lchanayotgan muhitga 
kirish chuqurligining har xilligidir. 
Agar termometrning ishlatilish sharoitlariga ko‗ra o‗lchanayotgan 
muhitga to‗liq kiritib bo‗lmasa, unda uning rezervuari va suyuqlik ustuni 
turli haroratda bo‗ladi. O‗lchanayotgan muhitdan chiqib turgan ustunga 
tuzatma quyidagi tenglama bo‗yicha kiritiladi: 


78 
)
(
1
2
,
2
1
t
t
n
t
t
t





(19.2) 
bu yerda, n — chiqib turgan ustundagi darajalar (graduslar) soni; βt
1

t
2
— shishadagi suyuqlikning kengayish koeffitsiyenti (simob uchun 
0,00016, spirt uchun 0,001), 1/°C; t
2
— termometr ko‗rsatayotgan harorat, 
°C; t
1
— muhitdan
 
chiqib turgan ustunning o‗rtacha harorati.
 
Agar chiqib turgan ustun harorati o‗lchanayotgan muhit haroratidan 
kam bo‗lsa, unda ∆t tuzatma ishorasi musbat, ortiq bo‗lsa, manfiy bo‗ladi. 
Chiqib turgan ustun hisobiga paydo bo‗ladigan xatolik ancha katta bo‗lishi 
mumkin va shuning uchun uni e‗tiborga olmaslikning iloji yo‗q. 
Vazifasi va qo‗llanish sohasiga ko‗ra suyuqlikli termometrlar odatda 
laboratoriya termometrlari, umumsanoat va maxsus vazifalarni bajaruvchi 
texnik termometrlar, qishloq ho‗jalik uchun mo‗ljallangan termometrlar, 
metrologik, maishiy termometrlarga bo‗linadi. 
Suyuqlikli shisha termometrlarning kamchiligiga shkala bo‗yicha 
hisoblash noqulayligi, ko‗rsatishlarni qayd qilib, ularni masofaga uzatib 
bo‗lmasligi, issiqlik inersiyasining kattaligi (ko‗rsatishlarning kechikishi) 
va asboblarning mexanik nuqtayi nazardan mustahkam emasligi kiradi. 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin