chastotali tok talab qilinadi. Buning uchun o’lchash tebranish zanjirida
yoki ko’prikli sig’im qurilmasida o’tkaziladi. Bunday o’lchangan nisbiy
dielektrik o’tkazuvchanlik (E = C/C
0
) standart eritmalarni darajalab yoki
aniq konsentratorlar yordamida hisoblanadi. Dielektrik o’tkazuvchanlik
qiymatlari asosida moddalarning tozaligini tekshirish va sinash mumkin.
Eritmaning elektr o’tkazuvchanligi temperaturaga bog’liq bo’lib,
temperatura oshirilganda u 1,5 – 2,0 % ortadi. Temperatura oshirilganda
eritmaning qovushqoqligi va ionlarning solvatlanishi kamayadi, hamda
mos ravishda ionlar harakatining tezligi bu jarayonlarga, albatta, bog’liq
bo’ladi. Shuning uchun ish paytida doimiy saqlanishi maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: