39
S.D.Polyakov tomonidan yangiliklarni kiritish modeli ishlab chiqilgan va u
to‗rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi faza
– yangi g‗oyalarni izlash. U o‗z navbatida:
1.
Axborotlar fondini yaratish. O‗qituvchilarni ta‘limda
innovatsion
jarayonlar rivojlanishiga bag‗ishlangan konferensiya, amaliy seminar, treninglarda
ishtirokini rag‗batlantirish.
2.
Ta‘lim muassasasini innovatsiyalarga bo‗lgan extiyojini aniqlash,
metod
birlashma, markazlar, tuman, shaharlardagi
internet orqali innovatsion
banklar bilan aloqa o‗rnatish.
Ikkinchi faza
– yangilikni kiritishni shakllantirish. U o‗z navbatida uch
bosqichni o‗z ichiga oladi:
1.
Tahlil
va
loyihalashtirish.
Yangilikni
kiritish
g‗oyalarini
shakllantirish va o‗quv yurtini ichki imkoniyati, ishni borish jarayonini loyihalash.
2.
Innovatsion g‗oyani novator o‗qituvchilar
ijodiy guruhi bilan
aprabatsiyadan o‗tkazish.
3.
Aprabatsiya o‗tkazilgan amaliy ishni yakunini chiqarish,
shu asosda
yangilikni keng miqyosda o‗tkazish bo‗yicha qaror qabul qilish va uni amalga
oshirish bo‗yicha dastur ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: