qilishning nazariy asoslari.
1.1 An’anaviy darslar tarixidan.
Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayoti va
turmush darajasi fan va ma‘daniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liqdir. Fan va
ma‘daniyat rivojlanishi ta‘lim-tarbiya ishlarining qay darajada olib borilishidan
kelib chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‗lgan ijtimoiy
qonuniyat hisoblanadi.
Shunday ekan, O‗zbekiston mustaqillikka erishganiga endigina 20 yil bo‗lishiga
qaramay qonun tomonidan ta‘lim-tarbiya masalalariga alohida o‗rin ajratilgan.
O‗n ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 11 sessiyasida
1992
yil
8-dekabrda
qabul
qilingan
O‗zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasining 41-moddasida shunday deyilgan: ―Har kim bilim olish
huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. O‗quv
muassasasi ishlari davlat nazoratidadir‖
Mana shu yillar davomida ta‘lim-tarbiya soxasida milliy axloq-odobni
qayta tiklash borasida milliy urf-odatlar, turli-tuman an‘analarni joy-joyiga
qo‗yish, milliy qadriyatlarni rivojlantirish xususida juda keskin va buyuk
burilishlar bo‗lmoqda.
O‗zbekistonda pedagogik tafakkur va ta‘lim-tarbiya taraqqiyoti tarixiga
nazar tashlab, shartli ravishda uch davrga bo‗lib o‗rganish mumkin.
1.Oktyabr to‗shtarishigacha bo‗lgan davr (1917yilgacha)
2.Sho‗rolar davri (1917-1991)
3.Mustaqillik davri (1991 yildan keyin)
Oktyabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davr(1917 yilgacha)
Bu davrda Zardushtiylik dinining chuqur ildiz otishi va shu dinning
muqaddas kitobi ―Avesto‖ning Markaziy Osiyo va Eron kabi mamlakatlar
9
o‗rtasida yoyilishi, islom dinini Markaziy Osiyoga kirib kelishi, tarqalishi va
aholini bu dinni qabul qilish bilan boshlanadi.
Ma‘lumki, 7 asrgacha, ya‘ni arablar istilosidan oldin Markaziy Osiyoda
zardushtiylik dini keng tarqalgan bo‗lib, Turon, Eron, So‗g‗d va Xorazm
xududlarida yashagan xalqlar asosan zardushtiylik ta‘limotiga muvofiq o‗z
farzandlarini ibratli ahloq-odob qoidalari asosida tarbiyalaganlar. Zardushtiylik
dininig asoschisi va ―Avesto‖ kitobining muallifi Spitama Zaratushtra ta‘lim-
tarbiya masalalariga xam katta ahamiyat began holda mana bunday deydi:
―Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi tayanchi bo‗lib hisoblanishi lozimki, u
avvalo yaxshi o‗qishni, keyin esa yozishni o‗rganish bilan eng yuksak pog‗onaga
ko‗tarilsin‖.
―Avesto‖da bolalarni o‗qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagi tartibda
tavsiya etilgan:
a) diniy va ahloqiy tarbiya;
b) jismoniy tarbiya;
v) o‗qish va yozishga o‗rgatish;
Zardushtiylik ta‘limotiga ko‗ra, 15-yosh balog‗at yoshi hisoblangan.
Balog‗atga yetgan bolalar zardushtiylikka e‘tiqodi ramzi sifatida beliga yung
ipakdan to‗qilgan kamar bog‗lab yurishi va ―otashparastlar‖ ibodatxonasida
o‗tkazilgan diniy marosimlarda qatnashishi shart bo‗lgan. Bolalarni kohinlar
zardushtlik rasm-rusumlarini bajarishga, falsafa, odob-axloqqa o‗rgatishgan.
Zardushtiylikda ma‘rifat va bilimning kuchiga qattiq e‘tiqod qilinadi va
oqibat natijada ma‘rifat yutib chiqadi, deb hisoblanadi. O‗sha davrda bolalarning
faqat sihat-salomat va jismonan baquvvat bo‗lishi haqidagina emas, balki ilmu-
ma‘rifat olishi va ma‘naviy sofligi, yaxshilik, ezgulik hislatlarini egallashlari
to‗g‗risida xam g‗amho‗rlik qilingan. Asosan, bolalarda ahloqiy poklik,
mehnatsevarlik, rostgo‗ylik, saxovatlilik fazilatlarini tarbiyalashga muhim
ahamiyat berilgan. Jismoniy tarbiyadan nazarda tutilgan asosiy maqsad: bolalarni
harbiy ishga tayyorlash va ularni jismonan chiniqtirishdan iborat edi. Darvoqe,
harbiy tayyorgarlik jarayonida bolalar otda chopish, ov qilish, qilichbozlik va
10
qalqonda raqibidan o‗zini himoya qila bilish, suvda suzish, uzoqqa yugurish,
sakrash, nayza irg‗itishni egallashi majburiy bo‗lgan. Biroq, diniy- ahloqiy va
harbiy-jismoniy tarbiyani egallash barcha tabaqadagi kishilarning farzandlari
uchun shart bo‗lsa-da, ammo o‗qish, yozish va hisoblash (sanash)ni o‗rganish esa
faqat yuqori tabaqadagi kishilarning bolalari uchun edi, xolos. [30.33] Yuqori
tabaqadagi kishilarning bolalari uchun saroy va ibodatxonalar qoshida maxsus
maktablar mavjud bo‗lib, bu yerda ularga tajribali ustozlar saboq berishar, taniqli
lashkarboshilar esa harbiy san‘at sir-asrorlarini puxta o‗rgatishar edi.
O‗qituvchilar ulamo kohinlar bo‗lib, ular jamiyat ma‘naviy xayotida muxim
mavqega ega edilar. Maktabda kichik yoshdagi bolalarni o‗qitish jarayonida
ko‗rsatmali qurollardan, hikoya qilish va suhbat-muloqot usullaridan keng
foydalanardilar. Darsda o‗quvchilardan o‗tilgan mavzuni shovqinsiz takrorlash
talab qilinar edi. Bolalarda yoshlikdan mehnatsevarlik va kasb-hunar egallash
malakasi hamda ko‗nikmasini shakllantirishga katta e‘tibor berilgan. Ular yosh
paytidanoq daraxt ko‗chati o‗tkazish, uy-ro‗zg‗or qurollari yasash, yerga ishlov
berish va chorva bilan shug‗ullanishga o‗rgatilgan.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, o‗sha davr kishilarining orzusi
hayotda farovon turmush kechirish uchun faqat mehnat qilishdan iborat bo‗lgan.
Zero, inson mehnatisiz tirikchilik qila olmaydi. Shuning uchun inson kamoloti va
ahloqiy sog‗lomligi manbai sifatida mehnat ulug‗lanadi.
Xulosa shuki, qadimgi bobokolonlarimiz ko‗ziga to‗tiyo qilgan ―Avesto‖
muqaddas kitobi faqat diniy qo‗shiq, hikoyat va rivoyatlardan iborat bo‗libgina
qolmasdan, balki tabiiy fanlar, xususan, tabobat, ta‘lim-tarbiya masalalarini ham
o‗z ichiga olgan. Biz bu qadimiy noyob bilimlar xazinasini bilan tanishar
ekanmiz, Zardushtra payg‗ambarning o‗z hayoti haqida, zamondoshlari haqida,
shuningdek, u targ‗ib qilgan ta‘limotiga sig‗ingan mamlakatlarning davlat
tuzilishi, ta‘lim-tarbiya va ahloq-odob to‗g‗risida ko‗p narsalarni bilib olamiz.
Zardushtiylik dinining afzal tomonlaridan biri shu ediki, unda hukmdorlar
saltanatini mustahkamlovchi rasmiy aqidalar bilan birga, insonni o‗z hayotining,
11
o‗z taqdirining yaratuvchisi sifatida ulug‗lovchi insonparvarlik g‗oyalari ham
qaror topgan edi.
2
.Beruniy Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad (973-1048), eng avvalo,
qomusiy olim sifatida butun dunyoga manzur va mashhurdir. Uning dastlabki
yirik asari ―Al-asror alboqiya an al-qurun al-holiya‖ (―Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar‖) bo‗lib, buni u 27 yoshida yozgan edi. 486 sahifadan iborat bu asar
o‗zbekchaga 1968 yili tarjima qilingan. Olimning 364 sahifadan iborat ―Tahdid
nihoyot il-amokin li tas‘hih masofot il-masokin‖ (―Turar joylar (orasidagi)
masofani aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash‖) ―Geodeziya‖
nomi bilan yirik kitobi mashhur bo‗lib ketgan.
O‗sha davr ichida Beruniy falsafiy pedagogika maktabini yaratgan. Uning
pedagogik qarashlari va faoliyatini o‗rganishda olimning o‗zidan ilgari o‗tgan
pedagoglarga nisbatan qanday yangi, nekbin fikrlar bildirganiga hamda ijodidagi
ilgarilab boradigan pedagogik qarash va fikrlari rivojlanishiga e‘tiborni qaratish
juda muhimdir. Beruniy rahbarlik qilgan bu ilmiy dargoh qariyb 10 yil faoliyat
ko‗rsatgan. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt-saodati, ta‘lim-
tarbiyasi, kamolati bosh masala bo‗lgan. Buyuk pedagog olim tarbiyaning
maqsadi, vazifalari va roli, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari
chin ma‘noda insonparvarlik va insonshunoslik asosiga qurilgan. Beruniyning
pedagogik g‗oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash
zarurligidir. Mana, oradan ming yildan otiq vaqt o‗tishiga qaramasdan,
Beruniyning ilg‗or hayotiy pedagogik va falsafiy g‗oyalari hozir ham g‗oyatda
qimmatlidir.
Shunday qilib, xulosa qilsak, Beruniyning pedagogik qarashlari asosan:
-oilada bola tarbiyasi; aqliy ta‘lim;
-ahloqiy va jismoniy tarbiya:
-mehnat va insonparvarlik tarbiyasi:
3
. Abu Nasr Farobiy (873-950) O‗rta asr Sharqining mashhur mutafakkiri,
qadimgi yunon ilmi va falsafasining Sharqdagi eng yirik targ‗ibotchisi va uning
rivojiga hissa qo‗shgan olim. Farobiy o‗z davrining qator ilmlarini chuqur
12
o‗rganib, turli sohalarga oid ilmiy asarlar yozib qoldirdi. U o‗z davrining birinchi
faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi bo‗lib nom qozondi. U ―Aql
haqidagi risola‖, ―Falsafani o‗rganishdan oldin nimani bilish kerak?‖,
―Substansiya haqidagi so‗z‖, ―Falsafaning ma‘nosi va kelib chiqishi‖, ―Mantiq
ilmiga kirish‖, ―Masalalar mohiyati‖ kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.
O‗zida o‗n ikki tug‗ma hislatni birlashtirgan kishigina axloqli odam bo‗la oladi:
Dostları ilə paylaş: |